“Zaamin Ultra 2024” xalqaro ultramarafoniga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

E’lon qilingan sana· 818
“Zaamin Ultra 2024” xalqaro ultramarafoniga roʻyxatdan oʻtish boshlandi

2024-yil 2-iyun kuni Zomin milliy tabiat bog‘ida har yili o‘tkaziladigan “Samarkand Marathon” xayriya marafonlari turkumiga mansub “Zaamin Ultra 2024” xalqaro ultramarafoni bo‘lib o‘tadi.

Yugurish yo‘lagi dengiz sathidan 2200−2500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu 6 ta Toshkent teleminorasiga teng.

Festival ishtirokchilari va mehmonlarini:

  • Zomin milliy bog‘ining betakror tog‘li yo‘lagi va hayratlanarli manzaralari;
  • Butun oila a’zolari uchun ko‘ngilochar tadbirlar: qoyaga ko‘tarilish, Suffa platosiga qaragan manzarada havo sharida sayr;
  • Poyga arafasidagi oqshomda elektron musiqasidan iborat konsert kutmoqda.
  • Shuningdek, bu yil barcha xayriya yugurish musobaqalari uchun an’anaga aylanuvchi yangi ekologik “plogging” (shvedchadan “plocka upp & jogga” — yugurish asnosida chiqindilarni to‘plash) tashabbusi joriy etiladi. Ishtirokchilar ikki kunlik festivalni birgalikda yugurish va chiqindilardan tozalash hashari bilan yakunlanadi. Mazkur tashabbus tabiat bog‘ini yagona maqsad sari birlashish va tabiat bog‘ini uning asl qiyofasida saqlashga xizmat qiladi.

Poyga masofalari:

  • 50 km — ushbu yo‘lakda ko‘z o‘ngingizda butun tog‘ tizmasi namoyon bo‘lib, Turkiston va Molguzar tog‘ tizmalari nigohingizni qamashtiradi. Yugurish yo‘lagining eng baland nuqtasi dengiz sathidan 2500 metrni tashkil etadi. Balandlikka ko‘tarilish — 1535 metr.
  • 21 km — yarim marafonchilar jami 635 metr balandlik tafovuti bilan o‘zlarini 21 km.lik masofada mardonavor sinab ko‘rishlari mumkin. Yugurish yo‘lagida ishtirokchilar barcha uch irmoq — Kattashir, Qizilmozor va Obiko‘l bo‘ylab yuguradilar.
  • 10 km — ishtirokchilar Qizilmozor tog‘ soyi va Cho‘rtangi darasi yon-bag‘ri manzarasi namoyon bo‘ladigan kuzatuv maydonchasigacha yugurib boradilar. Marraga yorqin taassurotlar bilan yetib borish uchun balandlikka ko‘tarilishlar oxirgi kilometrlarga olib qo‘yilgan. Balandlikka ko‘tarilish — 370 metr.
  • 2 km — ushbu qisqa masofa tog‘ poygalari bilan tanishishni endigina boshlagan havaskor chopqirlar uchun ayni muddaodir. Yugurish yo‘lagi start shaharchasi va Kattashir tog‘ soyining kaftdek ko‘rinishini ochib beradi.

Roʻyxatdan oʻtish hamda yo‘lak, masofalar va ishtirok etish shartlariga oid tafsilotlar quyidagi havola orqali mavjud.

1-iyun poyga arafasida “Zaamin Ultra 2024” ultramarafonining mehmon va ishtirokchilari uchun elektron musiqadan iborat konsert dasturi namoyish etiladi. Ochiq sahnada minglab tomoshabinlar qarshisida mahalliy didjeylar hamda “Qaraqoom” guruhi chiqish qiladilar.

Tashkilotchi: O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi. Poyga bosh hamkorlari: Sport vazirligi, Jizzax viloyati hokimligi.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ