Orol dengizi tubida an'anaviy xalqaro yugurish marafoni boʻlib oʻtdi

E’lon qilingan sana· 193
Orol dengizi tubida an'anaviy xalqaro yugurish marafoni boʻlib oʻtdi

Qoraqalpogʻistonda Orol dengizi tubida Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov tashabbusi bilan Butunjahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab “Aral Sea Eco Marathon” bo‘lib o‘tdi.

Marafonda Keniya, Togo, Fransiya, Xitoy, Yaponiya, Pokiston, Filippin va O‘zbekistondan 12 nafar sportchi 42 km 195 m masofani bosib o‘tdi. Oʻzbekiston nomidan Alimardon Sobirov, Denis Mambetov, Nurbek Husanov, Andrey Kulikov ishtirok etdi.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Orol dengizining ekologik halokati va suv resurslaridan oqilona foydalanish zarurligiga dunyo e’tiborini jalb qilishdan iborat.

“4:43:23 va undan yuqori natija qayd etgan sportchilar Orolbo‘yi fojiasi naqadar jiddiy ekanini ta’kidlab, jahon hamjamiyatini suv resurslaridan oqilona foydalanishga chaqirdilar” — deyiladi xabarda.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ