“Humo” xokkey klubi o‘yinida yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi bo‘lib o‘tadi

“Humo” xokkey klubi 1-fevral kuni muntazam chempionat doirasida “Nomad” jamoasiga qarshi muzga tushadi. Unda yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi bo‘lib o‘tadi, deya xabar bermoqda klub matbuot xizmati.
Ushbu xayriya marosim ramzi Dobrosha boʻladi, u SMA bilan kasallangan bolalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi qaramog‘idagi qizaloq Amelining sodiq do‘sti. U doimo tabassum bilan o‘z kasalligiga mardona qarshi kurashmoqda.
“Dobrosha u bilan ilk bor uchrashganida Ameliga atigi to‘rt yosh edi. O‘shandan beri u qizaloqning eng yaqin hamrohi bo‘lib, quvonch va tashvishlarini birga baham ko‘rib kelmoqda”, deyiladi klub xabarida.
1-fevral kuni boʻlib oʻtadigan yumshoq o‘yinchoqlar tashlash xayriya marosimi qatnashish uchun Dobroshani o‘yinda, arenaning o‘zida xarid qilishingiz mumkin. O‘yinchoqlar soni cheklangan, ularning savdosidan tushgan mablag‘ to‘liq xayriya yo‘nalishiga yo‘naltiriladi.