Anons

Zaamin Ultra 2025 ultramarafoni

E’lon qilingan sana· 612
Zaamin Ultra 2025 ultramarafoni

Zaamin Ultra 2025 ultramarafoni “Zomin” milliy tabiat bog‘i hududida bo‘lib o‘tadi.

Yugurish yoʻli dengiz sathidan 2200−2500 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, bu oltita Toshkent teleminorasiga teng.

Festival ishtirokchilari va mehmonlari uchun quyidagilarni taklif etadi:

  • “Zomin” milliy bogʻining tog' yoʻllari va landshaftlari;
  • butun oila uchun koʻngilochar mashgʻulotlar: qoyaga koʻtarilish, havo sharida Suffa platosi manzarasidan bahraman boʻlish;
  • poyga arafasida elektron musiqa konserti;
  • plogging (ishtirokchilar ikki kunlik festivalni yugurish va birgalikda chiqindi yigʻish bilan yakunlaydi, bu tashabbus birdamlikga erishish va tabiiy bogʻni asl koʻrinishida saqlashga yordam beradi).

Yugurish masofalari:

  • 50 km — bu yoʻnalish platoning toʻliq manzarasini koʻrish imkonini beradi va koʻz oldingizda Turkiston va Molguzar tizmalari namoyon boʻladi. Yoʻnalishning eng baland nuqtasi dengiz sathidan 2500 metr yuqorida. Balandligi: 1535 metr;
  • 21 km — yarim marafon yuguruvchilari 635 metr balandlikda 21 km masofada oʻz kuchlarini sinab koʻrishlari mumkin. Ishtirokchilar yoʻnalish bo‘ylab barcha uchta oqim: Kattashir, Qizilmazor va Obiko‘l bo‘ylab yugurishadi;
  • 10 km — ishtirokchilar Qizilmazor tog‘ irmogʻi va Chortanga darasi manzaralarini taqdim etadigan tomosha maydonigacha yugurishadi. hayajonli final bilan yakunlash maqsadida tashkilotchilar tepaliklarni soʻnggi kilomertlarga qoldirdilar. Balandlik: 370 metr;
  • 2 km — Bu qisqa masofa togʻda yugurishni endi boshlagan yuguruvchilar uchun mos keladi. Yoʻnalish start olinadigan shaharcha va Kattashir tog' oqimining manzaralarini koʻrinish imkonini taqdim etadi.

KIDS RUN 1000 m, 600 m, 300 m, 60 m masofalarga yugurish — ZAAMIN ULTRA dasturida ilk bor.

Ishtirokch paketini olish uchun Taras Shevchenko koʻchasi, 1-bino (Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi)ga shaxsan kelib olib ketish talab qilinadi.

Ishtirok etish narxi: 200 000 soʻmdan 300 000 soʻmgacha (tanlangan paketga qarab).

Roʻyxatdan oʻtish uchun havola.

Ishtirok etish qoidalari bilan tashkilotchilarning veb-saytida tanishishingiz mumkin.

Tashkilotchi: O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jadval

    • 14-iyun
      shanba
    • 15-iyun
      yakshanba