Team Spirit IEM Cologne 2025 g‘olibiga aylandi

E’lon qilingan sana· 36
Team Spirit IEM Cologne 2025 g‘olibiga aylandi

23-iyuldan 3-avgustgacha Germaniyaning Kyoln shahrida Intel Extreme Masters (IEM) Cologne 2025 kibersport turniri bo‘lib o‘tdi. IEM Cologne — yilning eng nufuzli CS2 musobaqalaridan biri hisoblanib, unda dunyoning eng kuchli jamoalari g‘alaba uchun kurash olib borishadi. An’anaviy tarzda o‘tkaziladigan turnir 3 bosqich — Play-in, Group Stage va Playoff bosqichlaridan iborat.

Jami 1 million AQSh dollari miqdoridagi mukofot jamg‘armasi g‘olib jamoalar o‘rtasida taqsimlandi. Final bahslarida Rossiyaning Team Spirit jamoasi birinchi o‘rinni egallab, bosh sovrin — 400 000 dollarni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin MOUZ jamoasiga nasib etdi, uchinchi va to‘rtinchi o‘rinlarni esa Team Vitality hamda Natus Vincere (NAVI) jamoalari band qildi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling