Rustam Qosimjonov O‘zbekiston shaxmat terma jamoasi bosh murabbiyiga aylandi
E’lon qilingan sana: · 5

Xalqaro grossmeyster, 2004-yilgi FIDE jahon chempioni Rustam Qosimjonov shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston erkaklar milliy terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlandi. Bu haqda mamlakat shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Rustam Qosimjonov — o‘zbek shaxmatining faxrli vakili, chuqur bilim va katta xalqaro tajribaga ega mutaxassis. U dunyoning eng kuchli grossmeysterlaridan biri bo‘lishi bilan birga, xalqaro darajadagi sportchilar bilan murabbiy sifatida ham faol ishlagan.
Uning oldiga quyidagi vazifalar qo‘yildi:
- ️xalqaro maydondagi barqaror natijalarni mustahkamlash;
- yoshlar uchun zamonaviy tayyorgarlik tizimini yo‘lga qo‘yish;
- ️jamoani yirik musobaqalarga sifatli tayyorlash.