Toshkentdagi padel kortlari: manzil, narx va kontaktlar

E’lon qilingan sana· 166
Toshkentdagi padel kortlari: manzil, narx va kontaktlar

Hozirgi paytda tennis birla yana bir shu toifadagi sport turi ommalashdi. U tennisga juda yaqin, lekin ularni adashtirmaslik kerak. Unda kort, raketkalar, hatto toʻplari ham tennisnikiga nisbatan kichikroq boʻladi. Padelda devor orqali ham oʻynash mumkin — tennisda esa bu mumkin emas. Padel 2000-yillarda kengroq yoyilishni boshlagan, kovid pandemiyasi davrida bu sport turida oʻyinchilar bir-biridan uzoqda turgani sababli ham katta mashhurlikka erisha boshlagan.

Oxirgi paytlarda esa Toshkentda ham tennis kortga oʻxshash, ammo kichikroq maydonlar paydo boʻldi. Ular — padel kortlari. Lekin ular qayerda, narxi qancha va qayerdan band qilish mumkin? Afisha.uz'ning ushbu maqolasi aynan shu haqida.


Padel.uz

Toshkentdagi padel majmualarining 3 tasi aynan ularga tegishli. Ularning 2 tasi Yunusobodda — bir-biriga nisbatan yaqin joylashgan boʻlsa, bittasi yangi paydo boʻldi — Humo Arena maydonida.

Teleminora

Shundoqqina Toshkent teleminorasi ostida joylashgan padel kortlari shahardagi eng mashhurlaridan hisoblanadi. Shuningdek, unda ajoyib atmosfera va fon bor. Agar qorningiz och boʻlsa, yonginasida eng mashhur osh markazlaridan biri — Beshqozon joylashgan (uni moʻljal qilib olsangiz ham boʻladi).

Narx:

Bu yerda narxlar kunning qaysi qismida band qilishingizga qarab farq qiladi. Kunduzi sal arzonroq, kechki paytda esa, mos ravishda, qimmatroq. Barcha kortlar standart boʻlib, 4 kishigacha oʻynash mumkin.

06:00 — 18:00

  • 60 daqiqa — 300 000 soʻm;
  • 90 daqiqa — 450 000 soʻm;
  • 120 daqiqa — 550 000 soʻm.

18:00 — 23:00

  • 60 daqiqa — 350 000 soʻm;
  • 90 daqiqa — 500 000 soʻm;
  • 120 daqiqa — 600 000 soʻm.

Band qilish uchun.

Manzil.

Telefon raqam: (+998) 88−780−8000.


Yunusabad Gallery

Bu ikkinchi filial. Bu yerda birinchisichalik mashhur emas, ammo tinch muhit va yaxshi kortlarda padel oʻynash uchun ideal variant.

Narx:

Bu yerda ham narxlar kunning qaysi qismida band qilishingizga qarab farq qiladi. Kunduzi sal arzonroq, kechki paytda esa, mos ravishda, qimmatroq. Barcha kortlar standart boʻlib, 4 kishigacha oʻynash mumkin.

06:00 — 18:00

  • 60 daqiqa — 300 000 soʻm;
  • 90 daqiqa — 450 000 soʻm;
  • 120 daqiqa — 550 000 soʻm.

18:00 — 23:00

  • 60 daqiqa — 350 000 soʻm;
  • 90 daqiqa — 500 000 soʻm;
  • 120 daqiqa — 600 000 soʻm.

Band qilish uchun.

Manzil.

Telefon raqam: (+998) 88−780−8000.


Humo Arena

Bu shahar markazida yangi qurilgan kortlar. Ular Humo Arena yaqinidag maydonda joylashgan.

Narx:

Bu yerda ham narxlar kunning qaysi qismida band qilishingizga qarab farq qiladi. Kunduzi sal arzonroq, kechki paytda esa, mos ravishda, qimmatroq. Barcha kortlar standart boʻlib, 4 kishigacha oʻynash mumkin.

06:00 — 18:00

  • 60 daqiqa — 300 000 soʻm;
  • 90 daqiqa — 450 000 soʻm;
  • 120 daqiqa — 550 000 soʻm.

18:00 — 23:00

  • 60 daqiqa — 350 000 soʻm;
  • 90 daqiqa — 500 000 soʻm;
  • 120 daqiqa — 600 000 soʻm.

Band qilish uchun.

Manzil.

Telefon raqam: (+998) 77−495−8000.

Muhim: yuqoridagi kortlar narxlari ichiga maxsus raketkalar kiritilmagan. Bir dona raketka ijaraga olish — 25 000 soʻm. 3 ta toʻp bepul taqdim etiladi.


Sky Padel

Padel sal yuqoriroqdan. Bu yerda padel oʻynash boshqacharoq tajriba va vayb berishi aniq. Toshkentning ma’lum qismi koʻrinib turadi. Kechki payt borish ham yaxshi variant boʻladi, lekin sizdek fikrlaydiganlar koʻpligini hisobga olib, ertaroq band qilib qoʻyish zarar qilmaydi. Shuningdek, bu yerda launj zona va bar ham bor.

Narx:

Narxlar kunning qaysi qismi ekaniga qarab farq qiladi. 1 soatlik oʻyin narxlari:

  • 06:00 — 11:00 — 300 000 soʻm;
  • 11:00 — 17:00 — 200 000 soʻm;
  • 17:00 — 00:00 — 300 000 soʻm.

Raketka ijarasi: 25 000 soʻm.

Band qilish uchun telefon raqam: (+998) 77−010−3003; (+998) 88−429−3333;

Manzil.


7Padel

Mazkur padel majmuasining 2 ta filiali bor. Toshkentning ikki burchagida.

Qorasuv

7Padel'ning birinchi filiali. Mirzo Ulugʻbek tumanida istiqomat qiluvchilar uchun sokin hududda joylashgan maydonlar.

Narx

Bu kortlarda standart narx belgilangan. Har doim bir xil vaqt. Bitta kortda 4 kishigacha oʻynashi mumkin, bunda ham narx oʻzgarmaydi.

  • 06:00 — 23:00 — 400 000 / soat.

Raketka ijarasi: 25 000 soʻm.

Band qilish uchun telefon raqam: (+998) 99−100−0008.

Manzil.


Sergeli

7Padel'ning ikkinchi filiali. Toshkentning ikkinchi burchagida joylashgan kortlar. Bu ushbu tumandagi kam sonli bunday majmualardan biri. Buning ham unikal jihatlaridan biri — uning ham yaqinida Beshqozon osh markazi joylashgan.

Narx

Bu kortlarda standart narx belgilangan. Har doim bir xil vaqt. Bitta kortda 4 kishigacha oʻynashi mumkin, bunda ham narx oʻzgarmaydi.

  • 06:00 — 23:00 — 400 000 / soat.

Raketka ijarasi: 25 000 soʻm.

Band qilish uchun telefon raqam: (+998) 70−100−0008.

Manzil.


DoYoga Padel

Tadbirkor Diyora Usmonovaga qarashli boʻlgan DoYogo studiyasi tarkibiga kiruvchi ushbu padel korti yaqinda paydo boʻldi. U yerda hammasi yangi va shaharning qoq markazida joylashgan. Amir Temur xiyoboni yaqinidagi kort ijarasi ham bozordagi oʻrtacha narx bilan deyarli bir xil.

Narx:

Ushbu kortlarda ham soat kesimida narx belgilanmagan, har soatda bir xil narx.

  • 1 soat — 400 000 soʻm.

Raketka ijarasi: 25 000 soʻm.

Band qilish uchun telefon raqam: (+998) 98−142−6363 / Telegram.

Manzil.


BeFit Sky

Toshkentdagi yana bir noodatiy manzaraga premium padel. BeFit sogʻlomlashtirish markazi tarkibiga kiruvchi ushbu kortlarning ijarasi odatiylaridan biroz qimmat, ammo u u yerdagi atmosfera va Tashkent City’ga qaragan manzara bu uchun arziydi.

Narx:

Bu yerda uchta kort joylashgan boʻlib, ularning har biri uchun standart narx belgilangan.

  • 1 soat — 600 000 soʻm.

Raketka ijarasi: 30 000 soʻm.

Band qilish uchun telefon raqam: (+998) 95−000−0000.

Manzil.


BeFit Eco

BeFit markazi tarkibidagi yana bir kortlar. Bunisi esa daraxtli va salqin tabiat qoʻynida — Ekoparkda. Mazkur kortlar nisbatan yangi.

Narxi:

Ushbu kortlarni band qilish uchun ikki xil narx belgilangan: kunduzi boshqa, kechki payt boshqa narx.

  • Kunduzi — 400 000 soʻm / soat;
  • Kechki payt — 450 000 soʻm / soat.

Raketka ijarasi: 30 000 soʻm.

Band qilish uchun telefon raqam: (+998) 99−205−0033.

Manzil.


Diqqat: mazkur kortlarning narxnomasi faqatgina maqola e’lon qilingan paytda aktual hisoblanadi.

Mirjalol Qosimov
Muallif
Mirjalol Qosimov
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling
Toshkentdagi padel kortlari: manzil, narx va kontaktlar — Toshkent Afishasi