O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

E’lon qilingan sana· 86
O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Andjodagi Osiyo chempionati doirasidagi uchrashuv O‘zbekiston va Quvayt beshkurash federatsiyalari o‘rtasida hamkorlik memorandumining imzolanishiga sabab bo‘ldi, bu esa sport aloqalarini kengaytiradi.

15-noyabr kuni Yaponiyaning Andjo shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo chempionati doirasida muhim xalqaro uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi prezidenti Bahromjon G‘aziev Quvayt zamonaviy beshkurash federatsiyasi prezidenti Nasser Salem Al-Valid bilan muzokara o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasida zamonaviy beshkurashni rivojlantirish, tajriba almashish, sportchilar va murabbiylar uchun o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini tashkil etish, shuningdek, qo‘shma xalqaro musobaqalar o‘tkazish masalalarini muhokama qildi.

Muzokaralar yakunida O‘zbekiston va Quvayt zamonaviy beshkurash federatsiyalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu kelishuv ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash, sport sohasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va yosh sportchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan.

Memorandumning imzolanishi O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasining xalqaro maydondagi nufuzining ortib borayotganidan dalolat beradi. Federatsiya kelgusida ham xorijiy tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni, milliy terma jamoalar faoliyatini yangi bosqichga ko‘tarishni maqsad qilgan.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling