Toshkentda zamonaviy beshkurash bo‘yicha xalqaro musobaqa tashkil etildi

21-noyabr Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida joylashgan “Tashkent City Park” majmuasida UIPM – Xalqaro zamonaviy beshkurash federatsiyasi shafeligida, O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi tomonidan Global Laser City Tour musobaqasining ikkinchi bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi raisi Gaziyev Bahromjon Valiyevich, taklif etilgan nufuzli mehmonlar — O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Qosimov Oybek Omilovich hamda Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Rahimova Durdona Shukurullayevna ishtirok etdi.

Musobaqada 7 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan, jami 400 nafarga yaqin ishtirokchi o‘z mahorati va jismoniy tayyorgarligini namoyish etdi. Barcha qatnashchilarga maxsus sertifikatlar hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu tadbirning o‘tkazilishi Oʻzbekistonda zamonaviy beshkurash sport turining yanada rivojlanishi, aholi o‘rtasida keng targ‘ib etilishi va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan amaliy qadam sifatida muhim ahamiyat kasb etadi.
Reklama huquqlari asosida.