Abu-Dabidagi “Al Bahiyya International Equestrian Arena”da ot sportining to‘siqlardan sakrash turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi

27–30 noyabr kunlari Abu-Dabi shahridagi “Al Bahiyya International Equestrian Arena”da ot sportining to‘siqlardan sakrash bo‘yicha CSI2* va CSIYH1* toifalaridagi xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
Ushbu turnir mintaqadagi eng nufuzli startlardan biri bo‘lib, unda dunyoning yetakchi chavandozlari, tajribali murabbiylar va yuqori reytingga ega otlar ishtirok etmoqda. Musobaqa maydoni zamonaviy infratuzilma, texnik talablar va sportchilarning xavfsizligini ta’minlovchi ilg‘or standartlari bilan e’tiborni tortadi.
Musobaqa davomida qayd etilgan natijalar
28-noyabr: O‘zbekiston delegatsiyasi ilk kunlardan boshlab barqaror natijalar qayd etib, bir nechta yo‘nalishlarda kuchli beshlikdan joy oldi.
29-noyabr: 145 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash bahsida O‘zbekiston vakili 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur natija jamoaning strategik rejasida muhim o‘rin tutuvchi ballar jamg‘arilishiga xizmat qildi.
30-noyabr — asosiy kun. Terma jamoa a’zosi Bekzod Kurbanov 150 sm balandlikdagi to‘siqlardan sakrash finalida o‘zining eng yaxshi natijalaridan birini qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Sportchi ikkala bosqichni ham ishonchli tarzda, aniqlik va tezlik kombinatsiyasini mukammal uyg‘unlashtirgan holda yakunladi. Bu esa uni mazkur yo‘nalishda yetakchi sportchilar qatoriga yana bir bor qo‘shdi.

Sportchilarning qo‘shimcha natijalari
Abdurahmon Abdullayev 150 sm balandlikdagi yo‘nalishda ishtirok etib, musobaqani 6-o‘rin bilan yakunladi
Bahromjon Gaziev 120 sm balandlikdagi marshrutda ishtirok etib, musobaqani 6-o‘rin bilan yakunladi. Ushbu ko‘rsatkich sportchining texnik mahorati va musobaqaga puxta tayyorgarligining amaliy tasdig‘i bo‘lib xizmat qiladi.
Ularning natijalari ham jamoamizning chuqur tarkibga va yuqori salohiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Har ikki sportchi final bosqichlariga qadar ishonchli yurish olib borib, xalqaro reyting uchun muhim ochkolarni jamg‘ardi.
Reklama huquqlari asosida.