Futbol. Oʻzbekiston Kanada bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi

E’lon qilingan sana· 54
Futbol. Oʻzbekiston Kanada bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazadi

Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionatiga tayyorgarlik koʻrish maqsadida mundial mezbonlaridan biri — Kanadagi qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuv 2026-yil 1-iyun kuni Kanadaning Edmonton shahrida boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, milliy terma jamoa 2026-yilning 22-yanvaridan 2-fevraliga Qatar poytaxti Doha shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi. Yig‘inga asosan mahalliy va yosh futbolchilar jalb etiladi.

Ta’kidlanishicha, mazkur yig‘in 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rish, terma jamoa tarkibi uchun munosib zaxira futbolchilarni shakllantirish hamda yosh o‘yinchilarga imkoniyat berish maqsadida tashkil etiladi. Yig‘in davomida murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy va texnik holatini baholab boradi.

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston Jahon chempionatida “K” guruhida oʻynaydi. Undan Portugaliya, Kolumbiya va Pley-off jamoasi (Kongo/Yamayka/Yangi Kaledoniya) oʻrin olgan. Milliy terma jamoa birinchi oʻyinni 17-iyun kuni Kolumbiyaga qarshi boshlaydi.

1−2-tur uchrashuvlari AQShning Hyuston shtati yoki Meksika poytaxtida, 3-tur uchrashuvi esa AQShning Mayami yoki Atlanta shtatlaridan birida bo‘lib o‘tadi.

Oʻzbekistonning JChdagi oʻyinlariga chiptalar narxi ma'lum boʻldi

Chiptalarni toʻg'ridan-toʻg'ri sotib olib boʻlmaydi, bu uchun FIFA yangi tizim joriy qildi. Eng arzon chipta 3-tur oʻyini uchun, eng qimmati esa Kolumbiyaga qarshi uchun.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling