Oʻzbekistonlik ikki groysmester sovrinlar boʻyicha 2025-yilning top-10 shahmatchisi qatoriga kirdi

E’lon qilingan sana· 20
Oʻzbekistonlik ikki groysmester sovrinlar boʻyicha 2025-yilning top-10 shahmatchisi qatoriga kirdi

Oʻzbekistonlik ikki groysmester Nodirbek Abdusattorov va Javohir Sindarov sovrinlar boʻyicha 2025-yilning eng yaxshi 10 shahmatchisi qatoriga kirdi. Bu haqda Chess.com xabar berdi.

Nodirbek Abdusattorov 2025-yil davomida 16 ta musobaqada qatnashib, 361,8 ming dollar mukofot puli bilan 9-o‘rinni egalladi. Javohir Sindarov esa 11 ta turnirdagi ishtiroki uchun 349,9 ming dollar mukofot puli bilan 10-pog‘onadan joy oldi.

Reytingda birinchi oʻrinni Magnus Karlsen egalladi, u deyarli 1,46 million dollar ishlab topgan va yil davomida million dollarlik marrani oshib oʻtgan yagona shaxmatchiga aylandi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Fabiano Karuana (taxminan 890 ming dollar) va Levon Aronyan (750 ming dollardan ortiq) egallagan.


2025-yil davomida shahmat musobaqalarida eng koʻp pul ishlab topgan groysmesterlar roʻyxati.

Ma’lumot uchun, Javohir Sindarov 2025-yilning noyabr oyida Jahon kubogida gʻolib chiqib, 120 ming dollar mukofot puliga ega boʻlgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling