2026-yilgi Qishki Olimpiada qahramonlari nimalar bilan esda qoldi?

E’lon qilingan sana· 210
2026-yilgi Qishki Olimpiada qahramonlari nimalar bilan esda qoldi?

Bu yilgi Qishki Olimpiada oʻyinlari ham tarix sahifasiga aylandi. Mana olimpiada tugaganiga ham bir haftadan oshib qoldi. Ammo ikki hafta davom etgan 2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari nafaqat sport musobaqasi, balki global madaniy voqea sifatida ham esda qoldi. Milano va Kortina-d'Ampezzo mezbonlik qilgan musobaqa ochilish marosimidanoq yaxshi rejalashtirilgan shou, zamonaviy sahnalashtirish va italyanlarga xos did bilan Fransiyada oʻtkazilgan olimpiadadan farq qildi.

  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false
  • false

O‘tgan yozgi 2024-yilgi Parij Olimpiadasi bilan taqqoslaganda, bu galgi o‘yinlar san’at va sport uygʻunligining ideal koʻrinishiga aylandi va hech kimning hafsalalsini pir qilmadi. Umuman olgan musobaqa yoki bahslar jamoalarning oʻyin boshlanganida emas formalar taqdimotidannoq start olgandi. Bu haqda biz eng yaxshi terma jamoalar formalari haqida batafsil oldinroq toʻxtalib oʻtganmiz.

Qisqa qilib boshlaydigan boʻlsak bu yilgi olimpiada oʻyinlarini bir boshidan koʻrib chiqishga arziydi va biz bular haqida sizga birma-bir ma’lumot beramiz hamda Olimpiadani taqdirini belgilab bergan asosiy voqealar, qahramonlar va esda qolarli daqiqalarni eslaymiz.


Gʻoliblar gʻalaba qozondi: rekordbreker’lar

Milano-Kortina Olimpiadasining eng katta qahramonlaridan biri 28 yoshli norvegiyalik chang‘ichi Yoxanes Klebo bo‘ldi. U Olimpiada doirasida 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, tarixiy rekord o‘rnatdi va qishki o‘yinlar tarixidagi eng sermahsul sportchilardan biriga aylandi.

Milano-Kortinadagi 2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari davomida ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p muhokama qilingan amerikalik figuristkalardan biri 20 yoshli Alysa Liu bo‘ldi. U ayollar yakkalik bahsida oltin medalni qo‘lga kiritib, qisqa va erkin dasturlardagi toza ijrosi hamda murakkab sakrash kombinatsiyalari bilan yuqori texnik ball to‘pladi.

Bu orada erkakarlar yakkalik bahsida ham alohida fenomen yaratildi va 21 yoshli amerika terma jamoasi a’zosi Ilya Malinin Milano-Kortinadagi 2026-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari doirasida erkin dasturda bir nechta kvad sakrashni, jumladan murakkab kombinatsiyalarni toza ijro etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Tezkor konkida uchishda 22 yoshli amerikalik Jordan Stolz 1000 metr masofada oltin medalni qo‘lga kiritib, rekordni yangiladi hamda yoshiga qaramay turnirning eng tezkor sportchisi sifatida e’tirof etildi.

  • false
  • false

Italiyalik 33 yoshli Francheska Lolobrijida 3000 metr masofada oltin medalni qo‘lga kiritib, Olimpiadasidagi italiya uchun eng katta gʻalabadan birini taqdim etdi.

Xokkey turnirida esa AQSh erkaklar terma jamoasi 46 yillik tanaffusdan so‘ng oltin medalni qo‘lga kiritib, turnirning eng katta sensatsiyasini taqdim etdi. Ushbu g‘alabalar va rekordlar Milano-Kortina o‘yinlarini nafaqat raqamlar, balki yangi tarix sahifalari bilan esda qoldirdi.


Mullajiring

Olimpiada medali sportchi uchun nafaqat tarixiy natija, balki moliyaviy burilish nuqtasi ham bo‘lishi mumkin. Biroq mukofot miqdori har bir davlatda keskin farq qiladi. Masalan, AQSh Olimpiya va Paralimpiya qo‘mitasi “Operation Gold” dasturi orqali oltin medal uchun 37 500 dollar, kumush uchun 22 500 dollar, bronza uchun esa 15 000 dollar to‘laydi. Bu ko‘rsatkich sport infratuzilmasi kuchli bo‘lgan mamlakat uchun nisbatan kam tuyulishi mumkin, ammo AQShda asosiy daromad ko‘pincha homiylik shartnomalari orqali shakllanadi.

Mezbon Italiya esa ancha yuqori mukofot tizimini qo‘llanadi: oltin medal uchun 180 ming yevro, kumush uchun 90 ming, bronza uchun 60 ming yevro beriladi. Fransiyada oltin medal 80 ming yevroga baholansa, Germaniyada bu ko‘rsatkich 20 ming yevroni tashkil etadi. Polsha esa Oʻzbekistondagi singari individual chempionlarni nafaqat katta pul mukofoti bilan, balki qo‘shimcha sovg‘alar, avtomobil yoki hatto ko‘chmas mulk bilan ham rag‘batlantirishi bilan ajralib turadi.

Qiziqarli jihati shundaki, Norvegiya kabi qishki sportlarda yetakchi davlatlar medal uchun katta bir martalik bonus bermaydi. Buning o‘rniga sportchilarni uzoq muddatli grantlar, tayyorgarlik xarajatlarini qoplash va ijtimoiy himoya tizimi orqali qo‘llab-quvvatlaydi.

Shu tariqa, Olimpiada medali ba’zi mamlakatlarda yuz minglab yevroga teng bo‘lsa, boshqalarda u ko‘proq strategik va tizimli qo‘llab-quvvatlash bilan baholanadi. Sport natijasi bir xil bo‘lishi mumkin, ammo uning iqtisodiy qiymati davlat siyosatiga qarab o‘zgaradi.

2026-yil eng ko‘p daromad qilgan qishki Olimpiada sportchilari

  • Aylin Gu (Xitoy, fristayl) — taxminan 20−23 million dollar. Asosiy daromad reklama va homiylik shartnomalaridan keladi: Louis Vuitton, Tiffany & Co., Anta.
  • Mikaela Shiffrin (AQSh, alpine skiing) — taxminan 7 million dollar. Red Bull, Atomic, Barilla kabi brendlar bilan hamkorlik.
  • Xloe Kim (AQSh, snoubord) — taxminan 4 million dollar. Nike va boshqa global brendlar bilan ishlaydi.
  • Iliya Malinin (AQSh, figurali uchish) — taxminan 700 ming — 1 million dollar. 2026-yilgi g‘alaba va kvad sakrashlar uni yangi avlod fenomeniga aylantirdi.

Media yulduzlar

Olimpiada qahramonlari nafaqat medal uchun, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham mashhur bo‘ldi.

Ilia Malinin, “to‘rtliklar qiroli” sifatida tanilgan sportchi individual turnirdag magʻlubiyati koʻpchilikni etiborini tortdi. Oltin medal esa Qozog‘iston vakili Mixail Shaidorovga nasib etdi. Bu kutilmagan va tarixiy natija bo‘ldi.

Amerikalik figurali uchish sportchisi Alisa Liu ikki karra oltin medal bilan ayollar yakkalik bahsida 2002-yildan beri AQShga birinchi oltinni keltirdi. Media uning g‘alabasini “zavq va erkinlik triumfi” deb atadi.

Shuningdek, Eylin Gu ikki karra kumush medal va yakuniy kunda oltin medalni qo‘lga kiritib, Instagram va homiylik trendlarida eng mashhur sportchilardan biri bo‘ldi.

U instagram tarmogʻida “har doim sendan yuqorida turuvchi osiyolik topiladi” naqlida talqin qilishmoqda, sababi Aylin sport ustasi boʻlishidan tashqari, Stanford universiteti talabasi boʻlgan hamdan koʻplab mashhur brendlar yuzi sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, uning fikrlashi va savollarga oʻta chiroyli javob berganligi sababli ham alohida e’tirof etishmoqda. Qisqa qilib aytganda, “qoʻshnining qizi” yoki “oyimning dugonasining qizi” ekan bu qiz.

Front orti yoxud ikki plandagilar

2026-yilgi Olimpiada nafaqat sportchilar, balki ularni tayyorlagan murabbiylar va vizual jihatlarda trend yaratgan shaxslar bilan ham esda qoldi. Shu borada Benoit Richaudni birinchilardan boʻlib eslashimiz kerak. U bir nechta jamoalarga murabbiylik qilgan, o‘z tajribasi bilan 13 mamlakat sportchilarini Olimpiadaga tayyorlagan fransuz xoreograf sifatida barchani xayron qoldiridi.

Olimpiada davomida uning tez-tez o‘zgarib turadigan formasi va sahnadagi chiqishlari internetda “multiverse meme” sifatida trendga aylandi. Har bir mamlakat sportchisi unga o‘z jamoaviy forma kurtkalarini sovg‘a qilgan va Richaud ularni navbat bilan kiyib chiqgan.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda eng ko‘p e’tibor qozongan shaxs — videooperator Jordan Kuven bo‘ldi. U ilgari o‘zi ham figurali uchuvchi bo‘lganligi sababli, muz ustida sportchilarni juda yaqin masofadan, ajoyib vizual tarzda suratga olgan.

Avvalroq biz kyorling sporti bo‘yicha batafsil ma’lumot berib, unda maxsus muz maydonini musobaqaga tayyorlovchi xodim haqida ham to‘xtalgan edik. Uning videosi instagram tarmogʻida million marotalab koʻrilgan va koʻpchilikda qiziqish uygʻotgan.

Bundan tashqari, juda shov-shuvli voqelar ham koʻp boʻldi, masalan bir sportchining sevganidan uzr soʻragani, boshqasining esa medali singani yoki boʻlmasam norvegiyalik changichi Alte Lay MakGrat magʻlubiyati haqida bilishi bilanoq, oʻrmon tomon yurib ketishi shular jumlasidan.

Ammo bularning barchasi bu yilgi qishki olimpiadaning esda qolarli boʻlishini taminlagan omillardir.


Moda sahnasidagi sportchilar

Milano haqiqatan ham moda poytaxti maqomini oqladi. Figuralar bo‘yicha musobaqada birinchi marta kanadalik Dianna Stellato-Dudek eksklyuziv liboslarda maydonga chiqdi. “Oscar de la Renta” moda uyi tomonidan qo‘lda tayyorlangan liboslar har biri taxminan 100 ming dollar turadi. Tayyorlashga esa to‘qqiz oy ketgan.

“Vogue Italia” nashri 2026-yilgi Qishki Olimpiadani yaqindan kuzatib, eng yaxshi uslubga ega sportchilarni taqdim qildi. Nashrning fikricha, sportchilarning sahnadagi kiyimi va vizual obrazlari musobaqaning moda jihatiga katta ta’sir ko‘rsatgan.

Birinchi navbatda amerikalik figurali uchuvchilar e’tiborga molik bo‘ldi. Medison Chok va Iven Beyts o‘z chiqishlarida zamonaviy xoreografik dizayn va klassik formaning uyg‘unligini namoyish etdi.

Shuningdek, 20 yoshli amerikalik Alisa Liu o‘zining ijodiy libos tanlovi bilan ajralib chiqdi. Uning kiyimi qisqa va erkin dasturdagi murakkab kombinatsiyalarni mukammal ko‘rsatish bilan birga, yosh sportchi sifatida o‘zining shaxsiy stilini ham aks ettirdi.

Yaponiyalik Ami Nakai, shaxsiy musobaqada bronza medalni qo‘lga kiritgan sportchi sifatida, sahnada minimalist va zamonaviy dizayni bilan e’tiborni tortdi. Uning kiyimi an’anaviy yapon estetikasi va zamonaviy sport funksionalligini uyg‘unlashtirdi.

Shveysariyalik Kimmi Repond klassik ranglar va chiroyli detal ishlovlari bilan tanildi. Uning libosi sahnada sof va toza chiziqlar orqali tezkor harakatlarni yanada jozibador qilgan.

Bolgariyalik Alexandra Feigin esa rang-barang va dramatik detallarga boy kiyimi bilan ajralib, sahnadagi harakatlarini yanada ta’sirli qildi. Uning kiyimi musobaqa davomida raqobatchilarning e’tiborini tortdi.

Rossiyalik Pyotr Gumennik esa erkaklar yakkalik bahsida nafaqat texnik mahorati bilan, balki o‘zining sahnadagi vizual imidji bilan ajralib turdi. Uning libosi murakkab kombinatsiyalarni amalga oshirishga qulay, lekin shu bilan birga sahnada zamonaviy va nafis ko‘rinish berdi.


Duv-duv gap

Quyida sizga olimpiada bahonasida ijod qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ijodlarini taqdim etib ketamiz.

Farangiz Akbarova
Muallif
Farangiz Akbarova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling