O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi nufuzli FEI forumida ishtirok etdi

E’lon qilingan sana· 90
O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi nufuzli FEI forumida ishtirok etdi

30-martdan 1-aprelgacha Shveysariyaning Lozanna shahrida, nufuzli IMD Business School — Olimpiya poytaxtida FEI sport forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi prezidenti, Osiyo ot sporti federatsiyasi vitse-prezidenti va FEI Solidarity departamenti kengashi a’zosi Bahromjon Gaziyev ushbu forumda faol ishtirok etdi.

Forum davomida xalqaro ot sporti jamoasi vakillari strategik yo‘nalishlar, qoidalarni takomillashtirish, otlarning farovonligi va xavfsizligi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish, shuningdek, kelgusi xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik masalalarini muhokama qildi. Ishtirokchilar o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikni kuchaytirish va sportni rivojlantirish yo‘nalishida muhim qarorlar qabul qildi.

Bunday sport forumlar ot sportini rivojlantirish va xalqaro aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling