“MANGU 2” MMA musobaqasi yakunlandi – asosiy janglar va natijalar

E’lon qilingan sana· 38
“MANGU 2” MMA musobaqasi yakunlandi – asosiy janglar va natijalar

25-aprel kuni Humo Arena’da aralash yakkakurashlar — MMA boʻyicha milliy Mangu Professional League’ning “MANGU 2” musobaqasi boʻlib oʻtadi.

Kechaning markaziy jangida oʻzbekistonlik Doston Bozorov (14−1-0) braziliyalik raqibi Darlan Ferreiraga (14−3-0) qarshi jang oʻtkazdi. Bundan tashqari, asosiy kardda, birinchi turnirdagi jangda gʻolib boʻlgan Furqatbek Yoqubov (18−4-0) Janubiy afrikalik Lutando Bikoga qarshi oktagonga chiqib, gʻalabani qoʻlga kiritdi.

Furqatbek Yoqubov jangdan keyingi intervyusida dunyodagi eng yirik promoshen — UFC prezidenti Dana Uaytga murojaat qilib, shartnoma berishni soʻradi. U sog' boʻlib tursa, hech kim toʻxta olmasligini va albatta, bir kun kelib UFC’ning eshiklari ochilishini aytib oʻtdi.

Shuningdek, Furqat Yoqubov intervyuda qizalogʻiga ham murojaat qilib, “sening hayotingda umuman kamchilik va qiyinchiliklar boʻlmasligi uchun oxirigacha kurashaman”, deb aytdib oʻtdi. Keyin esa Instagram sahifasiga jangdan keyin qizining oldiga borgani koʻrsatilgan videoni joyladi.

Kechaning yana bir asosiy jangi oʻzbekistonlik Doston Bozorov va braziliyalik Darlan Ferreyra oʻrtasida boʻlib oʻtdi. Bozorov hakamlarning qarori bilan ushbu jangda ham gʻolib chiqib, oʻzining magʻlubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Bundan tashqari, main kardda yana 4 ta jang oʻtkazildi:

  • Yarim oʻrta vaznda: Jahongir Jumayev (Oʻzbekiston, 12−6-0) — Kamal Guseynov (Rossiya, 7−2-0), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
  • Yarim ogʻir vaznda: Shukurjon Abdurahimov (Oʻzbekiston, 7−0-0) — Dushan Burale (Hindiston, 7−3-0), (1-raundda KO-TKO orqali);
  • Yarim engil vaznda: Akbarjon Islomboev (Oʻzbekiston, 11−2-0) — Irmeson Oliveira (Braziliya, 16−8-0), (3-raundda boʻgʻish usuli orqali);
  • Ogʻir vaznda: Jasur Mirzamuhammedov (Oʻzbekiston, 7−3-0) — Jeyshell Ticha Aua (Kamerun, 3−4-0), (Raqib 2-raundda jangni davom ettirmadi).

“Mangu 2” prelim kardida quyidagi spotchilar oʻz janglarini oʻtkazishdi:

  • Yengil vaznda: Muhammadjon Qurbonov (Oʻzbekiston, 15−4-0) — Jekson Loureyro (Braziliya, 15−7-1), (1-raundda KO-TKO orqali);
  • Yarim engil vaznda: Mavlud Tifiyev (Oʻzbekiston, 5−1-0) — Jeyxun Asadli (Ozarbayjon, 4−2-0), (2-raundda KO-TKO orqali);
  • Eng yengil vaznda: Marufjon Mamaroziqov (Oʻzbekiston, 6−4-0) — Daermisi Jaupasi (Xitoy, 11−5-0), (1-raundda boʻgʻish usuli orqali);
  • Eng yengil vaznda: Farid Alibabazade (Ozarbayjon, 13−10−1) — Irisbek Tilenov (Qirgʻiziston, 7−1-0), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
  • Eng yengil vaznda: Zafar Rashidov (Oʻzbekiston, 4−0-0) — Dauren Jakipbek (Qozogʻiston, 3−2-0), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
  • Eng yengil vaznda: Amirxon Ataxanov (Tojikiston, 8−4-1) — Faxriddin Jumanazarov (Oʻzbekiston, 8−5-0), (1-raundda boʻgʻish usuli orqali);
  • Yengil vaznda: Mohir Karimov (Oʻzbekiston, 2−1-0) — Belek Aytikul Uulu (Qirgʻiziston, 3−1-0), (1-raundda KO-TKO orqali);
  • Oʻta yengil vaznda: Shohjahon Temirov (Oʻzbekiston, 3−0-0) — Emal Xazim (Afgʻoniston, 2−1-0), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
  • Oʻta yengil vaznda: Umirzoq Ergashev (Oʻzbekiston, 3−0-0) — Ariet Toktobaev (Qirgʻiziston, 2−1-0), (Hakamlarning yakdil qarori bilan);
  • Yarim oʻrta vaznda: Javohir Latipov (Oʻzbekiston, 1−1-0) — Farhod Ahmadov (Turkiya, 4−1-0), (Ochkolar hisobiga koʻra).

Umumiy hisobda, turnirda ishtirok etgan 15 nafar oʻzbekistonlik jangchining 10 nafari gʻalaba qozondi, 5 nafari imkoniyatni boy berdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling