Oʻzbekiston terma jamoasi zamonaviy beshkurash boʻyicha Osiyo chempionatida 7 ta medal qoʻlga kiritdi

E’lon qilingan sana· 27
Oʻzbekiston terma jamoasi zamonaviy beshkurash boʻyicha Osiyo chempionatida 7 ta medal qoʻlga kiritdi

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi Indoneziyadagi Osiyo chempionatida 7 ta medal qo‘lga kiritgan zamonaviy beshkurash bo‘yicha mamlakat terma jamoasini munosib natija bilan tabrikladi.

Indoneziyaning Yogyakarta shahrida zamonaviy beshkurash boʻyicha Osiyo chempionati yakunlandi. Musobaqa yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston terma jamoasi sportchilari 7 ta medal qoʻlga kiritdi.

Terma jamoa natijalari

U-17, yakkalik bahslari:

  • Mehriniso Qahramonova — 1-oʻrin.

U-17, jamoaviy bahslar:

  • Mehriniso Qahramonova — 2-oʻrin;
  • Sabina Yoʻldasheva — 2-oʻrin;
  • Muzayyan Murataliyeva — 2-oʻrin.

U-19, yakkalik bahslari:

  • Samira Abzalova — 2-oʻrin.

Miks:

  • Muhammadamin Sultonbekov — 2-oʻrin;
  • Mehriniso Qahramonova — 2-oʻrin.

O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi sportchilarni va murabbiylar shtabini xalqaro maydondagi munosib natija bilan tabriklaydi.

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling