JCH-2026 g‘oliblari tarixda ilk bor chempionlik uzuklari bilan taqdirlanadi

2026-yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati g‘olibi bo‘ladigan terma jamoa futbolchilari va murabbiylar shtabi ilk bor chempionlik uzuklariga ega bo‘ladi.
Uzukning bir tomonida Jahon chempionati kubogi, ikkinchi tomonida esa g‘olib jamoa ramzi tushiriladi. Jami 2026 dona cheklangan seriyadagi uzuk ishlab chiqariladi: 30 tasi chempionlarga topshiriladi, qolganlari esa rasmiy litsenziyalangan suvenir sifatida sotuvga chiqariladi.
Har bir uzuk individual o‘lchamda tayyorlanib, o‘ziga xos seriya raqami va haqiqiylik sertifikatiga ega bo‘ladi. Finaldan so‘ng ramziy uzuklar jamoa sardori va bosh murabbiyiga topshiriladi, keyinchalik esa barcha 30 ta shaxsiylashtirilgan holda o‘z egalariga beriladi.
Eslatib o‘tamiz, JCH-2026 finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Uchrashuv 20-iyulga o‘tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi.