Anons
“Pseudotherapy” interaktiv komediya shousi
E’lon qilingan sana: · 8

“Sahna” stendap klubida bolalik xotiralari va shaxsiy hayotiy voqealarga bag‘ishlangan “Pseudotherapy” interaktiv komediya shousi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir ishtirokchilar va tomoshabinlarga o‘tmishdagi turli vaziyatlarni yengil va ochiq muhitda muhokama qilish imkonini beradi. Muloqot to‘liq ingliz tilida olib boriladi, bu esa nozik mavzular haqida erkinroq suhbatlashish va psixologik to‘siqlarni yengishga yordam beradi.
Dastur ishtirokchilarning shaxsiy hikoyalari bilan chiqishlarini, shuningdek, tomoshabinlar ishtirokini ham o‘z ichiga oladi.
Til: ingliz tili.
Chiptalar narxi: 30 000 so‘m.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 95−545−0303.