Poco narxi $199 dan boshlanadigan X5 va X5 Pro smartfonlarini taqdim etdi

Poco brendi yangi o‘rtacha narxdagi X5 va X5 Pro smartfonlarini taqdim etdi. Ular 2022-yil oktabr oyida taqdim etilgan Redmi Note 12 va Note 12 Pro'ga asoslangan. Smartfonlar odatda tashqi ko’rinishlaridan bir-biriga o’xshash, ammo Poco X5 yumaloq, X5 Pro esa tekis qirralarga ega.
Ikkala yangi smartfon ham diagonali 6,67 dyuymli FHD + ruxsati va 120 Gs tasvirni yangilash tezligiga ega AMOLED ekranlarini oldi. X5 ning maksimal yorqinligi 1200 nitni, X5 Pro esa 900 nitni tashkil qiladi va yo’q, bu xatolik emas — kichkina smartfonning displeyi yorqinroq. Barmoq izi skaneri esa quvvat tugmachasida joylashgan. Smartfonlarda stereo dinamiklar mavjud.
X5 ichida Snapdragon 695 chipi, Pro versiyasida esa Snapdragon 778G mavjud. Yangi mahsulotlarda 6 yoki 8 GB operativ xotira va 128 yoki 256 GB o’rnatilgan xotira mavjud. 5000 mA / soat quvvatga ega batareyalar tez zaryadlash imkoniyatiga ega — kichkina modelda 33 Vt va kattasida esa 67 Vt.
Qurilmalarda to’rtta kamera mavjud: X5 da asosiy kamera 48 MP va X5 Pro da esa 108 MP, keng burchaklisi 8 MP (120 °), makrosi 2 MP va mos ravishda old kameralar 13 va 16 MP. Smartfonda 4K/30 kadr tezlikda video yozish mumkin. Bundan tashqari, oldingi avlodga nisbatan suratga olish 69 foizga tezlashdi, tungi rejim esa 38 foizga tezlashdi.
Birinchi xaridorlar uchun $50 (569 000 soʻm) chegirma bilan yangi mahsulotlarning rasmiy narxlari:
- Poco X5 6/128 GB — $199 dollar (2 263 000 so‘m);
- Poco X5 8/256 GB — $249 dollar (2 831 000 so‘m);
- Poco X5 6/128 GB — $249 dollar (2 831 000 so‘m);
- Poco X5 8/256 GB — $299 dollar (3 400 000 so‘m).