ChatGPT`ga ega va sun'iy idrok tomonidan yaratilgan fonlarga ega smartfon — Infinix Zero 30 ommaga taqdim etildi

Infinix o’zining Zero 30 flagman smartfonini taqdim etdi. Birinchi navbatda ushbu smartfon ChatGPT yordamida javob beradigan ovozli yordamchi va SI ifodalari yordamida yaratilgan fon suratlari borligi bilan ajralib turadi.
Yangi mahsulot foydalanuvchiga 6,78 dyuymli diagonalga ega 2400×1080 pikselli AMOLED ekranni va 144 Gs tasvirni yangilash tezligini taklif etadi.
Telefonda to’rtta kamera mavjud: asosiysi — 108 MP (1/1,67, Samsung HM6, 0,64 mikron, fazani aniqlash avtofokusi, f/1,65, 6 linzali (1G+5P), OIS, 60 kadrda 2160p video yozish.), keng burchakli kamera — 13 MP (f/2.2), 2 MP qoʻshimcha modul (f/2.4) va frontal kamera — 50 MP (½.76, Samsung JN1, 0.64 mkm, fazani aniqlash avtofokusi, f/2 ,45, 5 ta linza, 2160p 60 kadr o’lchamda video yozish imkoniyati).
Ichida MediaTek Dimensity 8020 chipi o‘rnatilgan, shuningdek, 8 yoki 12 Gb operativ xotira va 128 yoki 256 Gb ichki xotira mavjud. Ichida joylashgan akkumulyator 5000 mA/soat quvvatga ega, 68 Vt kuchda quvvatlanish imkoniyatiga ega.
Infinix Zero 30 5G oltin, yashil va binafsha ranglarda mavjud. Hindistonda smartfon narxi: 128 Gb lik versiyasi 290 dollar (3 532 000 so‘m), 256 Gb xotirali modeli esa 300 dollar (3 654 000 so‘m) turadi.