WhatsApp’ga ham kanallar funskiyasi qo‘shildi

E’lon qilingan sana· 659
WhatsApp’ga ham kanallar funskiyasi qo‘shildi

Meta kompaniyasi o‘zining WhatsApp messenjeriga kanal ochish funksiyasini qo‘shdi. Ushbu funksiya 150 dan ortiq davlatda ishga tushirildi, deyiladi kompaniya rasmiy xabarida.

WhatsApp ushbu funksiyani birinchi Hindiston va yana boshqa 9 ta davlatda ishga tushirib, sinab ko‘rdi, endi butun dunyo bo‘ylab, xususan, O‘zbekistonda kanal ochish imkoniyati paydo bo‘ldi. Kompaniya kanallarni tashkilot yoki odamlardan ma’lumotlarni qabul qilishning yangi maxfiy yo‘li deb atamoqda.

Kanallar global tarzda ishga tushirilgandan so‘ng unga quyidagi yangilanishlar qo‘shildi:

  • Kengaytirilgan katalog. Tizim kengaytirilgan qidiruvga ega bo‘ladi, kanallar mamlakatga qarab filtrlanadi, shuningdek, foydalanuvchilar obunachilar soniga ko‘ra eng faol va ommabop kanallarni ko‘rishi mumkin bo‘ladi;
  • Reaksiyalar. Foydalanuvchilar emojilarni o‘rnatishi va yuborishi, shuningdek, reaksiyalarning umumiy sonini ham ko‘rishi mumkin bo‘ladi;
  • Tahrirlash. Kanal adminlari post e’lon qilingan kundan boshlab 30 kun ichida uni tahrirlashi mumkin;
  • Yo‘naltirish. Ma’lumotni boshqa chat va guruhlarga yuborish va qiziquvchilar uchun xabarga kanalga havola qo‘shish mumkin bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, ushbu funksiya O‘zbekistonda ham ishlaydi — messenjer foydalanuvchilari o‘zlarining kanallarini ochish mumkin, bu bo‘yicha hech qanday taqiq yoki cheklovlar yo‘q.