Yangi O‘zbekiston universitetida AI Hackathon bo‘lib o‘tadi

E’lon qilingan sana· 199
Yangi O‘zbekiston universitetida AI Hackathon bo‘lib o‘tadi

Toshkentda “AI Hackathon-2024” loyihasi o‘tkaziladi. Tadbir talabalar, mutaxassislar va innovatsiyalarga qiziquvchilarning e’tiborini sun’iy intellekt mavzusiga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan.

“AI Hackathon” 2024-yilning 16−18 fevral kunlari Yangi O‘zbekiston universitetida bo‘lib o‘tadi.

Xakaton davomida sun’iy intellekt sohasi va mazkur yo‘nalishdagi tendensiyalar va innovatsiyalarga bag‘ishlangan konferensiya hamda ekspertlar ishtirokida taqdimot va panel muhokamalari o‘tkaziladi.

Bundan tashqari, dasturdan sovrin jamg‘armasi 60 mln so‘mni tashkil etivchi jamoaviy musobaqa ham o‘rin olgan.

Xakatonda ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ