Netflix seriallarga SI-reklamalarni kiritadi va uni hatto pauza vaqtida ham koʻrsatadi

E’lon qilingan sana· 32
Netflix seriallarga SI-reklamalarni kiritadi va uni hatto pauza vaqtida ham koʻrsatadi

2026-yildan boshlab Netflix striming platformasi seriallar davomida sun’iy intellekt tomonidan yaratilgan reklamalarni joriy etadi. Bu haqda kompaniyaning reklama bo‘yicha prezidenti Emi Reynxard “Netflix Upfront” tadbirida ma’lum qildi.

Striming platformasi video tomosha qilinayotgan vaqtda pauza qilinganda ham reklamalarni ko‘rsatadi. Bu reklamali tariflar uchun amal qiladi. Uni o‘chirish uchun foydalanuvchilar qimmatroq tariflarga o‘tishi kerak bo‘ladi.

Ammo targeting aynan qanday ishlashi hozircha noma’lum. Muxlislarga videolar tomoshalar tarixi yoki tomoshabin ayni paytda ko‘rayotgan kontent asosida moslashtirilishi tushuntirilmagan.

Reynxardning ta’kidlashicha, reklama obunasiga ega foydalanuvchilar platformada oyiga o‘rtacha 41 soat vaqt o‘tkazadi. Shu bilan birga, tomoshabinlar rolik o‘rtasidagi reklamaga ham, filmlarning o‘ziga ham deyarli bir xil e’tibor berishadi.

Netflix bosh direktori Ted Sarandosning fikricha, sun’iy intellekt texnologiyasi nafaqat reklama beruvchilarga, balki kontent yaratuvchilarga ham yordam berishi mumkin. Uning so‘zlariga ko‘ra, sun’iy intellekt kinoni “10 foizga yaxshilashi” mumkin, bu esa sanoat sohasida katta yutuq bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, Netflix tomonidan zamonaviy qurilmalarning dahshatli oqibatlari haqida ishlanadigan “Black Mirror” serialining yettinchi mavsumida aynan pulli obuna tizimi va uning reklamali hamda reklamasiz versiyalariga toʻxtalib oʻtilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling