Steamni qoʻllab-quvvatlovchi oʻyin smartfonlari taqdim etildi

Nubia Xitoyda yangi oʻyin smartfonlarini chiqardi — Red Magic 10S Pro va 10S Pro+. Qurilmalar oʻz smartfonlarida oʻyin oʻynashni yoqtiradiganlar va yuqori unumdorlik, kuchli grafik va samarali sovutish tizimi qadrlaydiganlar uchun moʻljallangan.
Ikkala yangi gadjet ham eng soʻnggi Snapdragon 8 Elite Leading Edition protsessori bilan jihozlangan boʻlib, u hatto ogʻir oʻyinlarni ham uddalaydi. U 24 Gb gacha LPDDR5X Ultra operativ xotira va 1 TB gacha UFS 4.1 Pro xotirasi bilan birlashtirilgan. Murakkab sovutish tizimidan foydalanilgan boʻlib: telefonlar ichida 23 000 aylanish tezligida aylana oladigan fan, shuningdek, kattalashtirilgan bug‘lanish kamerasi va kompozit suyuq metall mavjud.
Bular, shuningdek, oldindan oʻrnatilgan kompyuter emulyatori va Steam oʻyinlarini qoʻllab-quvvatlaydigan birinchi Nubia smartfonlaridir.
Red Magic 10S Pro 80 Vt tez quvvatlanuvchi 6500 mA/soat akkumulyator bilan, Pro+ versiyasi esa 120 Vtgacha quvvatlanadigan 7050 mA/soat sig‘imli akkumulyator bilan birga keladi. Qurilmalar yangilanish tezligi 144 Gts va maksimal yorqinligi 2000 nitsgacha bo‘lgan 6,85 dyuymli katta OLED displeyga ega bo‘ldi.
Korpusda tezkor javob beruvchi o‘yin tugmalari (triggerlari) joylashgan — ular 520 Gts chastotada ishlaydi, shuningdek, DTS ULTRA texnologiyasiga ega tebranish dvigateli va stereodinamiklar mavjud. Yoqimli qo‘shimcha sifatida — 3,5 mm quloqchin uchun port ham saqlab qolingan.Asosiy kamera 50 megapikselli optik stabilizatsiyaga ega, yana 50 megapikselli keng burchakli kamera va 2 megapikselli makro kamera bilan toʻldiriladi. Old kamera ekran ostida yashiringan va 16 MP ruxsatga ega.
Xitoyda Red Magic 10S Pro narxi 12 GB operativ xotira va 256 GB ROMga ega versiyasi uchun 694 dollardan (8 950 000 so‘mdan) boshlanadi. Shuningdek, iyun oyida noyob korpus dizayni va eksklyuziv aksessuarlar toʻplamiga ega cheklangan Mingchao sotuvga chiqariladi.