Ilon Mask bolalar uchun maxsus sun’iy intellekt ilovasini yaratishni rejalashtirmoqda

E’lon qilingan sana· 171
Ilon Mask bolalar uchun maxsus sun’iy intellekt ilovasini yaratishni rejalashtirmoqda

Amerikalik milliarder Ilon Mask bolalar uchun maxsus sun’iy intellekt ilovasini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda, deya xabar berdi Bloomberg.

Ta’kidlanishicha, u “Baby Grok” deb nomlanadi. Yangi ilova milliarderning xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqiladi. Hozircha bu boʻyicha tafsilotlar ma’lum emas.

xAI kompaniyasi 2023-yilda “Grok” sun’iy intellektli chat botni ishga tushirgan. Mask bu chat botni oʻzining boshqa bir kompaniyasi — X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻiga integratsiya qilgan. Grokning hozirgi versiyasi oldingi modellardan tezroq, aniqroq va mantiqiy fikrlashda ustunroq bo‘lgan SI platformasi hisoblanadi.

Ammo ijtimoiy tarmoq foydaluvchilariga koʻra, bu chat botning algoritmlar oʻzgacharoq ishlaydi, u “xolis” emas.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling