Toshkentda iPhone 18 Pro Max sotuvga chiqdi — narxi 5 000 dollargacha

E’lon qilingan sana· 103
Toshkentda iPhone 18 Pro Max sotuvga chiqdi — narxi 5 000 dollargacha

Turli sotuvchilar va ranglarga qarab yangi modellar narxi farq qilishi mumkin.

Toshkentda yangi iPhone 18 Pro va 18 Pro Max sotuvga chiqdi. Sotuvchilarning ma’lum qilishicha, qurilmalar allaqachon bojxonadan chiqarilgan, eSIM va uning ro‘yxatdan o‘tkazilishi ham rasmiylashtirilgan.

“Malika” bozoridagi 18-sentyabr kungi narxlar:

  • iPhone 18 Pro, 256 GB — 3 500 dollar (41 388 000 so‘m);
  • iPhone 18 Pro Max, 256 GB — 3 800 dollar (44 935 000 so‘m);
  • iPhone 18 Pro Max, 512 GB — 5 000 dollar (59 125 000 so‘m).

Turli sotuvchilar va ranglarga qarab yangi modellar narxi farq qilishi mumkin.

AQShda iPhone 18 Pro va 18 Pro Max rasmiy ravishda 18-sentyabrdan 1 199 dollardan (14 163 000 so‘m) sotilmoqda.

Apple iPhone 18 Pro, bukiluvchi iPhone Duo va AirPods 5 modellarini taqdim etdi

iPhone Duo AQShda 1 999 dollardan boshlanadi va 256 GB, 512 GB, 1 TB hamda 2 TB xotira variantlarida chiqariladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling