"Qarsildoq" baleti

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatr sahnasida Pyotr Ilich Chaykovskiyning yangicha sayqallangan “Qarsildoq” baletining ilk namoyishi bo‘lib o‘tadi.
Tomoshabinlar ko‘z o‘nglarida raqs, musiqa va yorug‘lik bilan limmo-lim fusunkor va jo‘shqin olam kashf etilib, sahna maydoni yangi qiyofa kasb etib borayotganiga guvoh bo‘ladilar. Qayta anglangan “Qarsildoq” baleti nafaqat mumtoz asar, balki chinakam shukuhli muhitga g‘arq bo‘lish hamdir. Ta’sirchan sahna bezaklari, bashang liboslar hamda zamonaviy texnologiyalar tomoshabinlarni aslo befarq qoldirmaydi.
Chipta narxlari: 50 000 so’mdan 300 000 so’mgacha.
Ularni quyidagi havola orqali xarid qilish mumkin.
Ma’lumot uchun telefonlar: (+998) 71−233−9081, (+998) 71−207−1071, (+998) 71−207−2072.
Jadval
- Alisher Navoiy nomidagi DAKT23-dekabrshanba19:00Toshkent, Zarafshon ko‘ch., 28
- Alisher Navoiy nomidagi DAKT24-dekabryakshanba19:00Toshkent, Zarafshon ko‘ch., 28
- Alisher Navoiy nomidagi DAKT26-dekabrseshanba12:00Toshkent, Zarafshon ko‘ch., 28
- Alisher Navoiy nomidagi DAKT27-dekabrchorshanba17:00Toshkent, Zarafshon ko‘ch., 28
- Alisher Navoiy nomidagi DAKT29-dekabrjuma19:00Toshkent, Zarafshon ko‘ch., 28
- Alisher Navoiy nomidagi DAKT30-dekabrshanba19:00Toshkent, Zarafshon ko‘ch., 28