Anons

“Chotto Desh” balet spektakli

E’lon qilingan sana· 107
“Chotto Desh” balet spektakli

Toshkentda oʻtkazilayotgan Xalqaro opera va balet festivali dasturida zamonamizning eng taniqli raqqos va xoreograflaridan biri britaniyalik sahnalashtiruvchi Akrom Xonning “Chotto Desh” balet spektakli namoyish etiladi.

“Chotto Desh” (Kichik Vatan) spektaklida Xon raqs tili orqali ona yurti Bangladeshdan Britaniyaga ketayotgan navqiron yigitning orzu-umidlaridan iborat o‘z hikoyasini so‘zlab beradi. Jonli raqs xatti-harakatlari, matn, tasviriy ta’sir va ovozdan foydalangan holda balet zamonaviy dunyodagi inson irodasining matonatini tarannum etadi va u oilaviy tomosha qilish uchun sehrli, to‘lqinlantiruvchi va o‘tkir raqs spektakli sifatida yorqin xotirada qolishi kutilmoqda.

Chipta narxlari: 100 000 soʻmdan 1 000 000 soʻmgacha.
Xarid qilish.

    Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
    Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
    Muassis: «Afisha Media» MChJ
    Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
    Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
    © 2005-2024 Afisha.uz
    «Afisha Media» MChJ