Poytaxtda “Toshkent bahori - 2024” xalqaro opera va balet festivali o‘tkaziladi

E’lon qilingan sana· 215
Poytaxtda “Toshkent bahori - 2024” xalqaro opera va balet festivali o‘tkaziladi

Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston davlat akademik katta teatri repertuarining ijodiy va sifat darajasini, teatr ijodkorlari ijro mahoratini yanada yaxshilash maqsadida, Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrida 7 — 28-aprel kunlari “Toshkent bahori — 2024” xalqaro opera va balet festivali o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

1-may kuni festival yakuniga bag‘ishlangan katta gala-konsert o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Festival ilk bor 2007-yilda Toshkentda o‘tkazilgan va hozirgi kunga qadar har ikki yilda bir marta bahorda o‘tkazilib, haqiqiy opera va balet bayrami sifatida, O‘zbekistonlik muxlislarni milliy va jahonning eng sara klassik asarlaridan bahramand etib kelmoqda. O‘tgan davr mobaynida festival doirasida Italiya, Ispaniya, Rossiya, Belarus, Yaponiya, Xitoy, Koreya, Latviya, Ukraina, Bolgariya, Gruziya, Moldaviya, Ozarbayjon, Qozog‘iston kabi davlatlardan jahonga mashhur opera va balet solistlari, dirijorlar taklif etilib, festival katta muvaffaqiyat bilan tashkil etilmoqda.

Qariyb 17 yildan beri har bahorda an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan festival opera va balet muxlislari uchun ushbu san’atning eng go‘zal namunalaridan bahramand bo‘lishga va milliy opera va balet san’atimizning dunyo bo‘ylab nufuzini oshirishga xizmat qilib kelmoqda.

“Toshkent bahori — 2024” xalqaro opera va balet festivali doirasida Italiya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda teatr hamkorligi yo‘lga qo‘yilib, elchixona tashabbusi bilan Milan konservatoriyasi professori, Joakkino Rossini nomidagi Simfonik orkestr dirijori Daniel Adjiman (Italiya), opera solistlari Valentino Boi va Paolo Larditsionelar tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Xalqaro opera va balet festivali 7-aprel kuni milliy opera san’atining eng go‘zal namunalaridan biri bo‘lgan Sulaymon Yudakovning “Maysaraning ishi” komedik opera spektakli bilan ochiladi.

Dastur:

  • 12-aprel: Juzeppe Verdi “Bal maskarad”;
  • 14-aprel: Jakomo Puchchini “Bogema”;
  • 18-aprel: Pyotr Chaykovskiy “Oqqush ko‘li”;
  • 20-aprel: Jakomo Puchchini “Toska”;
  • 21-aprel: Juzeppe Verdi “Rigoletto”;
  • 24-aprel: Juzeppe Verdi, Pyedro maskan’i “Kameliyali xonim”;
  • 26-aprel: Adolf Adan “Jizel”;
  • 28-aprel: Juzeppe Verdi “Traviata”.
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ