Anons
“Aka-uka Karamazovlar” baleti
E’lon qilingan sana: · 425

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri sahnasida Boris Eyfmanning “Aka-uka Karamazovlar” baleti namoyish etiladi.
Bu Toshkentdagi Xalqaro opera va balet festivali dasturi doirasida oʻtkaziladi. “Aka-uka Karamazovlar” baleti rossiyalik klassik yozuvchi Fyodor Dostoyevskiyning shu nomli asari asosida sahnalashtirilgan.
1995-yilgi spektakl 2013-yilda Boris Eyfman tomonidan tubdan qayta sayqal berilgan va unda shaxsiy kechinmalar hamda aql-zako jihatdan mazmunga yanada boy balet dramasi yaratilgan. Balet S. V. Rahmaninov, R. Vagner va M. P. Mussorgskiy kabi klassik bastakorlarning musiqa sadolari ostida boʻlib oʻtadi.
Chipta narxi: 100 000 soʻmdan 800 000 soʻmgacha.
Chiptalarni ushbu havola orqali xarid qilish mumkin.
Jadval
3-aprel
payshanba
19:00
Toshkent, Zarafshon ko‘ch., 28
4-aprel
juma
19:00
Toshkent, Zarafshon ko‘ch., 28
5-aprel
shanba
19:00
Toshkent, Zarafshon ko‘ch., 28