"Diydor" teatrida yangi "Match" spektakli namoyish etiladi

E’lon qilingan sana· 90
"Diydor" teatrida yangi "Match" spektakli namoyish etiladi

“Diydor” yoshlar eksperimental teatr-studiyasida 8-mart kuni soat 17:00 da yangi “Match” nomli spektakl namoyish etiladi.

Spektakl zamonaviy yoshlar haqidagi psixologik drama bo‘lib, insoniy tanlov, qo‘rquv va raqamli manipulyatsiya mavzusini ochib beradi.

Sun’iy intellekt boshqaradigan ilova o‘n nafar yoshni “ideal juftlik” sifatida bog‘lashni va’da qiladi. Oddiy o‘yin sifatida boshlangan tajriba asta-sekin xavfli sinovga aylanadi — bu sinovda ishtirokchilar o‘z qo‘rquvlari, yashirin istaklari va haqiqiy yuzlari bilan to‘qnash keladi.

Spektakl rejissyori Bobur Yoʻldoshev, dramaturg RimBax, rassom esa Dono Gʻaniyeva hisoblanadi. Namoyish rus tilida boʻlib oʻtadi.

Bundan tashqari, teatrning rasmiy sahifasi spektaklga kechikkan tomoshabin aktyorlar hamda tomoshabinlarga halaqit qilmaslik maqsadida ichkariga kiritilmasligini ma’lum qildi.

Ushbu spektakl uchun chiptalarni Afisha.uz orqali xarid qilish mumkin.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling