Tamara Xonim tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan konsert

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida buyuk san’atkor Tamara Xonim tavalludining 120 yilligiga bag‘ishlangan tantanali konsert bo‘lib o‘tadi.
Tamara Xonim — o‘zining betakror iste’dodi bilan o‘zbek san’atiga ulkan hissa qo‘shgan, milliy madaniyatimizni dunyo sahnalarida ulug‘lagan afsonaviy raqqosa, xonanda va aktrisa sifatida tarixda muhrlangan. Uning serqirra ijodi O‘zbekiston madaniy merosining ajralmas qismiga aylangan.
Konsert dasturidan san’atkor repertuaridan o‘rin olgan raqs va vokal asarlari mamlakatimizning yetakchi jamoalari hamda taniqli solistlari ijrosida taqdim etiladi. Kecha boshlanishidan avval teatr foyesida Tamara Xonimning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan maxsus ekspozitsiya ham ochiladi.
Chipta narxi: 100 000 soʻmdan 500 000 soʻmgacha.
Murojaat uchun telefon: (+998) 71−232−1948.