Alisher Navoiy teatrida "Toshkent bahori" xalqaro opera va balet festivali oʻtkaziladi

15-maydan 24-maygacha Toshekntdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida “Toshkent bahori” VIII Xlaqaro opera va balet festivali boʻlib oʻtadi.
Festivalni La Scala, Arena di Verona, Metropolitan Opera kabi opera sahnalarining yetakchi solistlari Dario Di Vietri, Giovanni Sala, Desirée Rancatore, Dave Monaco, Francesca Dotto, Emanuele Cordaro, Alberto Gazale, Giuseppe Toia, Teresa Iervolino, shuningdek, Teatro Massimo va Teatro Regio sahnalarining doimiy ijrochi mehmonlari ishtirokidagi gala-konsert ochib beradi.
Bundan tashqari, festival dasturida jahon opera san’ati durdonalari taqdim etiladi. Dastur doirasida teatr sahnasiga Belarus, Gruziya, Moldova, Rossiya, Ruminiya va Chernogoriyadan kelgan san’atkorlar chiqish qiladi.
Festival dasturi:
- 15-may — festival ochilishi, gala konsert;
- 17-may — “Jizel” baleti, Adolf Adan;
- 20-may — “Oqqush ko‘li” baleti, Pyotr Ilich Chaykovskiy;
- 21-may — “Traviata” operasi, Juzeppe Verdi;
- 22-may — “Don Juan” operasi, Volfgang Amadey Motsart;
- 23-may — “Bayaderka” baleti, Lyudvig Minkus;
- 24-may — festivalning tantanali yopilishi, gala konsert.