O‘zbek Milliy akademik drama teatri kapital ta’mirlanadi

E’lon qilingan sana· 113
O‘zbek Milliy akademik drama teatri kapital ta’mirlanadi

Toshkentdagi O‘zbek Milliy akademik drama teatri binosi kapital ta’mirlanadi. Bu bo‘yicha poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov 25-iyun kuni tegishli qarorni imzoladi.

Hujjatga ko‘ra, teatr binosini mukammal ta’mirlash va uning atrofini obodonlashtirish ishlari uchun Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan 1,87 milliard so‘m ajratiladi. Loyiha buyurtmachisi etib Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi belgilangan.

Avvalroq Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Toshkentdagi bir qator madaniyat muassasalarini ko‘zdan kechirib, ularning moddiy-texnik bazasi davlat ko‘magiga muhtojligini ta’kidlagandi. Xususan, Muqimiy nomidagi davlat akademik musiqali teatri, O‘zbekiston Yoshlar teatri hamda “Arena” yotoqxonasi binolari uzoq yillardan buyon ta’mirtalab ekani qayd etilgan.

Shuningdek, teatrlar faoliyatini yaxshilash, zarur sharoitlar yaratish va moliyalashtirish masalalarini hal etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling