Anons
Katta teatrda “Karmen” operasi namoyish etiladi
E’lon qilingan sana: · 50

Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida Jorj Bizening “Karmen” operasi Konstantin Kaminin rejissyorligidagi yangi sahna talqinida namoyish etiladi. Spektakl voqealari tomoshabinni urushdan keyingi tiklanish va qat’iy ijtimoiy cheklovlar hukm surgan 1940−1950-yillardagi Ispaniyaga olib boradi.
Sahnalashtirish konsepsiyasi:
- klassik syujet urushdan keyingi davr nuqtayi nazaridan qayta talqin qilingan;
- asosiy e’tibor shaxsiy erkinlik, mustaqillik va jamiyat bosimiga qarshi kurash mavzusiga qaratilgan;
- fojiali yakun bosh qahramon ruhining g‘alabasi sifatida talqin etiladi.
Chiptalar narxi: 55 ming so‘mdan 150 ming so‘mgacha.
Murojaat uchun: (+998 71) 232−19−48.
