1-iyundan Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolari uchun Oʻzbekistonda 30 kunlik vizasiz rejim joriy etadi
E’lon qilingan sana: · 59

1-iyundan Bahrayn, Kuvayt va O‘mon fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy etiladi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz. Bu haqda prezident farmonida qayd etilgan.
Farmonda, shuningdek, 2025-yil yakuniga qadar turizm sohasining asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
- respublika hududlariga 15,8 mln nafar xorijiy turistlarning safarlarini tashkil etish, turizm xizmatlari eksportini 4 mlrd AQSh dollariga yetkazish;
- ichki turizmni rivojlantirish hisobiga 40 mln ta mahalliy sayyohlarning hududlarga safarlarini tashkil etish, qo‘shimcha 378 ta turoperator faoliyatini yo‘lga qo‘yish.
- 2025-yildan har yili 30-noyabrga qadar kelgusi yil turizmni rivojlantirish bo‘yicha hududiy dasturlar ishlab chiqiladi.
2025-yildan har yili noyabr oyining 3-haftasida Xalqaro turizm haftaligi tashkil etiladi.
2025-yil iyun oyidan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini amalga oshirish uchun har oy 2-haftasining shanba va yakshanba kunlari “Oila va jamoa bilan sayohatga chiqish kuni” etib belgilanadi.