Muqaddas qadamjo va kabutarchi moʻysafid - Buxorodagi Chorbakr majmuasi haqida

Chorbakr — Buxoro shahridan 5 kilometr uzoqlikdagi Sumiton qishlogʻida joylashgan tarixiy meʼmoriy majmua.
Bu yerda sahobalaridan biri — Abu Bakr Siddiq avlodlari dafn etilgan. Shuning uchun ham majmua “toʻrt bakr” (chor bakr) deb nom olgan.
Majmuaga kirganingizda, hayot shiddat va shovqindan ortga chekinadi. Undagi har bir gʻisht tarixdan guvohlik berayotgandek tuyuladi. Majmuada jome masjid, xonaqo (sufiylar uchun ibodat joyi), madrasa, qabrlar va ziyorat hovlisi bor.
Chorbakr XIV asrda shakllana boshlagan. Bu yerda dastlab Said Abu Bakr qabri joylashgan boʻlib, uning orqasidan avlodlari ham shu yerda dafn etilgan. XVI asrda Abdullaxon II davrida bu maskan kengaytirilib, ziyoratgohga aylantirilgan. Bu oʻz navbatida majmuaga nafaqat diniy, balki ijtimoiy-siyosiy ahamiyat ham bagʻishlagan. Chunki Buxoro xonining qudratini tasdiqlovchi zaminda, uning maʼnaviy ildizlari ham boʻlishi kerak edi. Va bu ildizlar aynan shu yerda ekilgan.
Ja’far Hojiyev Buxoro shahridagi “Chor Bakr” tarixiy-me'moriy majmuasida xo‘jalik ishlariga qarab yuradi, ham azon aytadi. Bu yerda ishlayotganiga 7 yildan oshgan. U qushlarni, jonivorlarni juda yaxshi ko‘radi. Hozir 15 turdan ortiq qushlari bor, ularni kuniga 2−3 mahaldan o‘zi ovqatlantiradi. Odamlar majmuaga, ayniqsa, qo‘lga o‘rgangan kaptarlarni ko‘rish uchun keladi.
Ushbu majmuaga jon baxsh etadigan detallardan biri — bu oʻsha yerda yashaydigan kabutarchi amaki Ja’far Hojiyev. Uning harakatlari, suhbati va qushlarga boʻlgan mehri ziyoratgohga oʻzgacha fayz bagʻishlaydi. U har kuni shu yerda, har kuni kabutarlar bilan. Ular moʻysafidning chaqirigʻini eshitadi, uchadi, gir aylanadi. Don ulashsangiz sizning ham boshingizga qoʻnib olishlari mumkin.
Majmua atrofidagi shohobchalarda sovgʻa uchun ajoyib suvenirlar xarid qilish ham mumkin.
Bugungi kunda Chorbakr UNESCHOʻning nomzod obidalari roʻyxatida. U jahon turistlari uchun katta qiziqish uygʻotib, mahalliy ziyoratchilar uchun esa muqaddas maskan boʻlib kelmoqda.
Qanday borish mumkin?
Manzil: Buxoro viloyati, Sumiton qishlogʻi. Buxoro markazidan mashinada 10 daqiqa. Eng yaxshi vaqt: yertalabki soat
Material Turizm qoʻmitasi koʻmagida tayyorlandi.