Ellikqal'ada “Sahro sadosi” III xalqaro festivali boʻlib oʻtadi

E’lon qilingan sana· 1 800
Ellikqal'ada “Sahro sadosi” III xalqaro festivali boʻlib oʻtadi

Qoraqalpogʻistda joylashgan Ellikqal’ada 4−5 oktabr kunlari “Sahro sadosi” III xalqaro festivali boʻlib oʻtadi. Festival Turizm qo‘mitasi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm boshqarmasi hamda bir qator vazirlik va idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda.

Festivalning bosh maqsadi Ellikqal’a tumanining boy tarixiy va madaniy merosini, ziyorat va ekologik turizm imkoniyatlarini kengroq namoyish etishdan iborat. Shuningdek, tadbir doirasida mahalliy hunarmandchilik an’analari va ularning mahsulotlarini targ‘ib qilish, hududdagi diqqatga sazovor joylar hamda turizm maskanlarini keng jamoatchilikka tanitish, ushbu hududning turizm salohiyatini yuksaltirish ham ko‘zda tutilgan.

Tadbir davomida tashrif buyuruvchilar uchun oliygohlar professor-o‘qituvchilarining xalqaro treninglari, Tuproq qal’a tarixiy obyektida tasviriy san’at tanlovlari, Aqchako‘l ko‘li bo‘yida milliy taomlar tanlovi va konsert dasturlari oʻtkaziladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling