Aydarkoʻl sohilida yangi turistik markaz ochildi

E’lon qilingan sana· 686
Aydarkoʻl sohilida yangi turistik markaz ochildi

Jizzax viloyatida joylashgan Aydarkoʻl sohili boʻyida xuddi shu nomdagi yangi turistik markaz oʻz faoliyatini boshladi.

“Aydarko‘l Resort” dam olish maskani 594 o‘rinli zamonaviy joylashtirish majmuasi, 200 o‘rinli 2 qavatli sanatoriya, 294 o‘rinli xostel, 4 xil tipdagi 100 o‘rinli 40 ta kapsula, avtokarting, bolalar maydoni hamda 2 ta voleybol maydonini oʻz ichiga oladi. Yangi markaz qurilishi natijasida dam olish maskanida 20 ta yangi turizm xizmati yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, sohilda mehmonlar uchun 40 ta tapchan, 200 ta plyaj soyaboni, qayiq va yaxta, kofeteriy, restoran, ochiq basseyn hamda sanitariya-gigiyena shoxobchalari xizmat ko‘rsatadi.

Ta’kidlanishicha, yangi turistik markazda har yili 100 ming xorijiy va 500 ming mahalliy turist jalb qilish rejalashtirilgan. Oila va yoshlar uchun “Weekend tour”, “Family rest”, “Youth camp” kabi maxsus turpaketlar joriy qilinadi.

2025-yilning avgust oyida ushbu markaz qurilishida ba’zi suratlarni e’lon qilgandik.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling