Statistika: O‘zbekistonga 1 oy davomida qancha turist tashrif buyurdi?

E’lon qilingan sana· 61
Statistika: O‘zbekistonga 1 oy davomida qancha turist tashrif buyurdi?

2026-yilning yanvar oyi davomida 950 278 nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Oʻzbekistonga kelgan turistlar soni bo‘yicha top-10 davlatlar:

  • Qirg‘iz Respublikasi — 282 798 nafar;
  • Tojikiston — 244 373 nafar;
  • Qozog‘iston — 207 858 nafar;
  • Rossiya — 69 070 ming nafar;
  • Afg‘oniston — 43 572 ming nafar;
  • Turkmaniston — 28 150 nafar;
  • Xitoy — 25 666 nafar;
  • Turkiya — 12 740 nafar;
  • Hindiston — 6 095 nafar;
  • Koreya Respublikasi — 3 237 nafar.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davri bilan solishtirilganda 271,6 ming nafarga yoki 40 foizga oshgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling