Statistika: O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

E’lon qilingan sana· 101
Statistika: O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

2026-yil yanvar oyida 589 647 nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

2026-yilning ilk oyida O‘zbekiston fuqarolari eng ko‘p safar qilgan davlatlar:

  • Qirg‘iz Respublikasi — 232 174 nafar;
  • Tojikiston — 98 659 nafar;
  • Qozog‘iston — 88 012 nafar;
  • Saudiya Arabistoni — 62 655 nafar;
  • Rossiya — 32 291 nafar;
  • Turkiya — 17 288 nafar;
  • BAA — 16 030 nafar;
  • Tailand — 6 890 nafar;
  • Xitoy — 6 117 nafar;
  • Misr — 4 585 nafar.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 38,2 ming nafarga yoki 6,9% ga oshgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling