Xorazmda turizm va gastronomiya boʻyicha xalqaro tadbirlar boʻlib oʻtadi
E’lon qilingan sana: · 111

Foto: Foto: Afisha.uz / Arina Melnichuk
Xorazm viloyatida 2026-yil davomida turizm, madaniyat va gastronomiya bo‘yicha xalqaro tadbirlar oʻtkaziladi. Shuningdek, Xiva shahri ham yil davomida xalqaro festival va ko‘rgazmalarga mezbonlik qiladi.
Xorazm viloyatida boʻlib oʻtadigan tadbirlar:
- 27-mart — Arda Xiva majmuasida “Yangi mavsum” ochilishiga bag‘ishlangan madaniy tadbirlar;
- 28-mart — Ichki turizm yarmarkasi;
- 4-aprel — Xorazm Cho‘girma fleshmobi;
- 26−30-aprel — “Lazgi” xalqaro raqs festivali;
- 23−24-may — Helikon opera ansambli konserti (Arda Xiva);
- 5−7-iyun — “Strongmen” xalqaro bahodirlar o‘yini;
- 8-avgust — Xalqaro san’atkorlar ishtirokida galakonsert;
- 19−20-sentyabr — “Xorazm xonlari milliy taomlari” xalqaro gastronomik festivali;
- 17−18-oktabr — “Gilamlar jilosi” xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi.
Afisha.uz avvalroq Xivada oʻtgan Pahlavon Mahmud xotirasiga bagʻishlangan “Strongmen” turniridan reportaj tayyorlagandi.