Gʻijduvon kulolchiligi geografik koʻrsatkich maqomini oldi

“G‘ijduvon kulolchilik buyumlari” geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu nom, ishlab chiqarish an’analari va ishlab chiqarish texnologiyasi uchun huquqiy himoyani ta’minlaydi.

G‘ijduvon kulolchilik maktabi asrlar davomida shakllangan noyob an’analari, tabiiy xomashyolardan foydalanishga asoslangan ishlab chiqarish texnologiyasi hamda o‘ziga xos naqsh va bezak uslublari bilan ajralib turadi.

Bu hunarmandchilik avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan taxminan 60 turdagi buyumlar va 300 dan ortiq bezak naqshlarini oʻz ichiga oladi. Gʻijduvon kulolchiligi an’analari qariyb 300 yillik tarixga ega Narzullayevlar sulolasi tomonidan ham davom ettirilmoqda.

Geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi mazkur mahsulot nomi, uning tarixiy an’analari va tayyorlash texnologiyasining huquqiy himoyasini ta’minlaydi hamda milliy hunarmandchilik brendini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish imkoniyatlarini kengaytiradi.