Expo 2025 Osaka’dagi O‘zbekiston paviloni 17 ta xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi

E’lon qilingan sana· 82
Expo 2025 Osaka’dagi O‘zbekiston paviloni 17 ta xalqaro mukofotni qo‘lga kiritdi

Expo 2025 Osaka Butunjahon ko‘rgazmasidagi O‘zbekiston paviloni 17 ta xalqaro mukofot bilan taqdirlanib, eng ko‘p e’tirof etilgan milliy pavilonlardan biriga aylandi.

O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda ATELIER BRÜCKNER hamkorligida yaratilgan “Bilimlar bog‘i: kelajak jamiyati laboratoriyasi” loyihasi arxitektura, dizayn va barqaror rivojlanish yo‘nalishlaridagi nufuzli xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi.

2026-yil iyun oyida pavilyon yana uchta nufuzli mukofot bilan taqdirlandi. 8-iyun kuni u arxitektura sohasidagi eng nufuzli xalqaro tanlovlardan biri hisoblangan Architizer A+ Awards’ning “Cultural & Expo Centers” nominatsiyasida g‘olib deb topildi. 11-iyun kuni esa Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tgan ADC Awards marosimida ikki oltin mukofotni qo‘lga kiritdi. Loyiha “Exhibition — Museum & Pavilion Design” va “Architecture, Public & Urban Design — Architectural Installations” nominatsiyalarida eng yaxshi deb topildi.

  • false
  • false
  • false

Ko‘rgazma davomida pavilyonga bir milliondan ortiq kishi tashrif buyurdi. Expo yakunlangach esa inshoot Nukusga ko‘chirilib, yangi kreativ va jamoat makonining bir qismiga aylantiriladi.

Pavilyonning markaziy elementi tabiiy yog‘ochdan ishlangan konstruksiya hisoblanadi. Loyiha zamonaviy arxitektura yondashuvlarini O‘zbekistonning boy hunarmandchilik an’analari bilan uyg‘unlashtirib, madaniyatlar o‘rtasidagi muloqot va barqaror rivojlanish g‘oyalarini namoyish etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling