Nordwind Airlines Qozon—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysini amalga oshirdi

E’lon qilingan sana· 42
Nordwind Airlines Qozon—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk reysini amalga oshirdi

18-iyul kuni Toshkent xalqaro aeroportida Rossiyaning Nordwind Airlines aviakompaniyasining Qozon—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk muntazam reysi tantanali ravishda kutib olindi.

Yangi yo‘nalish ochilishi munosabati bilan samolyot aviatsiya an’anasiga ko‘ra suv arkasi ostidan o‘tkazildi. Birinchi reys bilan Toshkentga 220 nafar yo‘lovchi yetib keldi. Shu kuni ortga, Qozonga jo‘nab ketgan reysda esa 207 nafar yo‘lovchi parvoz qildi.

Qozon va Toshkent o‘rtasidagi muntazam qatnovlar haftasiga ikki marta amalga oshiriladi. Qozondan reyslar dushanba va juma kunlari, Toshkentdan esa seshanba va shanba kunlari yo‘lga chiqadi. Parvoz davomiyligi taxminan 3 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling