O‘zbekistonga yetti oyda 7,7 mln nafar turist tashrif buyurdi

E’lon qilingan sana· 72
O‘zbekistonga yetti oyda 7,7 mln nafar turist tashrif buyurdi

2026-yilning yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga turistik maqsadlarda 7,7 mln nafar chet el fuqarosi tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, turistlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 mln nafarga yoki 22,6 foizga oshgan. Eng ko‘p turist Qirg‘iziston — 2,17 mln, Qozog‘iston — 1,85 mln va Tojikistondan — 1,72 mln kelgan.

Shuningdek, Rossiyadan 710,8 ming, Afg‘onistondan 281,2 ming, Xitoydan 269,7 ming, Turkmanistondan 192,8 ming, Turkiyadan 111,9 ming, Hindistondan 32,4 ming va Janubiy Koreyadan 26,5 ming nafar turist O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling