O‘zbekistonga 8 oyda 9,1 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

E’lon qilingan sana· 51
O‘zbekistonga 8 oyda 9,1 million xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Turizm qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 2026-yilning yanvar-avgust oylarida O‘zbekistonga 9,1 million xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Bu o‘tgan yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan 21,1 foizga ko‘p.

Yilning dastlabki 7 oyida mamlakatga 7,7 million sayyoh kelgan bo‘lsa, avgust oyining o‘zida 1,4 million sayyoh tashrif buyurgan.

Ta’kidlanishicha, turistik tashriflarning eng yuqori o‘sishi Xitoy (2,3 barobar), Malayziya (2 barobar), Yaponiya (1,5 barobar), AQSH (1,4 barobar) va Rossiya (1,3 barobar) davlatlaridan qayd etildi. Shuningdek, Germaniyadan tashriflar 25 foizga, Fransiya va Buyuk Britaniyadan 21 foizga, Turkiyadan esa 15 foizga oshdi.

Avvalroq O‘zbekiston sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan TOP-5 davlat qatoriga kiritilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling