Jahonda e’tirof etilayotgan o‘zbek modasi: 8 dizayner va ularning brendlari

E’lon qilingan sana: · 3 359
Jahonda e’tirof etilayotgan o‘zbek modasi: 8 dizayner va ularning brendlari

J.Kim

Uning makoniga faqat oldindan yozilib kirish mumkin, yaratgan liboslarini esa hatto yorliqsiz ham gulbargsimon o‘yma qirqimlaridan tanib olsa bo‘ladi. Toshkentdagi koryo-saram oilasida voyaga yetgan Jenya Kim o‘z kolleksiyalari orqali kelib chiqishining dualligi, ona shahri, odamlar va o‘zi uchun qadrli buyumlar haqida so‘zlaydi. Bu liboslarni yaratish ancha vaqt talab etadi: qo‘lda tikilgan kashta, nozik qavimlar va sinchkovlik bilan tanlangan vintaj matolar shular jumlasidandir.

  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon

Buyumlarning aksariyati avloddan avlodga o‘tadigan, asrab-avaylab saqlanadigan va oilaviy xazina kabi meros qilib qoldiriladigan yodgorlik sifatida yaratilgan. Uydagi iliqlik mavzusidagi mehmondo‘stlik va ayol kuchiga bag‘ishlangan kolleksiya zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi Avgvst brendi bilan hamkorlikda davom ettirildi. Pishiriq qoliplari skulpturali ziraklarga aylandi, J.Kim ijodiga xos gul naqshlarining hajmi metall orqali ortdi, an’anaviy tumorlar esa osma tumorlar uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Dizayner haqida Vogue (2019) va I-D (2025) jurnallarida maqolalar chop etilgan, Kanadaning SSENSE riteyleri esa unga bag‘ishlab intervyu e’lon qilgan. Uning liboslarini nafaqat o‘zbekistonlik moda ishqibozlari, balki mashhur shaxs va biznesvumen Kayli Jenner hamda “Paramore” guruhi solisti Heyli Uilyams ham sevib kiyadi.


Nigora Hashimova

Ikslar va nollar… yoki faqatgina ikslarmi? Bu o‘ziga xos uslubi bilan tanilgan yana bir mahalliy brend bo‘lib, uning har bir mahsulotida X-simon kashta faxr bilan aks ettirilgan.

  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon

Nigora Hoshimova 18 yoshida, talabalik vaqtida o‘z atelyesini ochgan. U to‘y va kechki liboslar tikdi, tushgan mablag‘ni esa o‘z kolleksiyalarini ishlab chiqishga sarfladi. O‘shanda u Moskva, Xitoy va Milandagi moda haftaliklarida qatnashgan. Bugungi kunda dizayner ikatdan qilingan “ready-to-wear” bilan ishlaydi, ulardan eng muvaffaqiyatlilari ultra-zamonaviy bomberlar, nimchalar va tanga sumkalardir.

2026-yilda uning brendini bloger Viktoriya Bonya, #followmeto xeshtegi bilan tanilgan inflyuenser Natali Osmann qo‘llab-quvvatladi, shuningdek, uning vintaj chopon va qadimiy beqasamdan tikilgan korseti mahalliy model Vazira Jon ning Kann festivalidagi chiqishi uchun tanlandi.


Azukar Moreno

Brendning ildizlari uning asoschisi Kamola Rustamova talabalik yillarini o‘tkazgan Ispaniyaga borib taqaladi. To‘plamdagi har bir buyumda ispan me’morchiligining boy ranglar jilosi va O‘rta yer dengizi aholisining hayotsevarligi aks etgan.

  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon

Fuksiya rangidagi kimono-ko‘ylaklardan birini kiyib olgach, tushkun kayfiyatda yurish yoki ko‘chadan e’tiborni tortmay o‘tib ketishning iloji yo‘q. Ta’kidlash joizki, Azukar Moreno barqaror rivojlanishga befarq bo‘lmagan kam sonli mahalliy brendlar qatoriga kiradi.

Ushbu g‘oyaga O‘zbekistonning turli hududlari va butun dunyodan saralab olingan matolarga kashta tikish hamda ularni bo‘yash jarayonida ham ehtirom ko‘rsatiladi. 2026-yilning fevral oyida Azukar Moreno Nyu-Yorkda SARPA to‘plamini namoyish etdi. To‘plam Nyu-York moda haftaligi doirasida bo‘lib o‘tgan mustaqil dizaynerlarning Flying Solo namoyishini yakunlab berdi. Ta’kidlash joizki, brend mazkur haftalikda o‘z tarixida ikkinchi bor ishtirok etmoqda.


Dildora Kasimova

Bu O‘zbekistondan tashqarida mashhur bo‘lgan ilk mahalliy brendlardan biridir. Uning asoschisi Dildora Qosimova bolaligidan ko‘p vaqtini onasi ishlagan to‘qimachilik korxonasida o‘tkazgan. Brend podiumda debyutini 2006-yilda “Stillar uyi” mavsumiy namoyishi doirasida amalga oshirdi, so‘ngra o‘z ishlarini Italiya, Qozog‘iston, Koreya va Rossiyada namoyish etdi.

  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon

2022-yilning yozida dizayner Parijda magistraturani tamomlagan. Shunga qaramay, Sharq uning estetikasining asosi bo‘lib qoldi, nafislik va ayollik esa liboslar siluetini belgilaydi. Ijod bilan tanishuvni kashtada tikilgan qushlar va paxta gullari bilan bezatilgan chopondan boshlash mumkin. Qosimova ijodida hatto tanish bichim ham liboslarni yaqindan sinchiklab tomosha qilishga undaydi.

Markaziy Osiyo estradasi yulduzlaridan tashqari, uning ijod namunalari Saudiya malikasi Maha Al-Sudairi, dizayner Ulyana Sergeyenko va Shayx Moza tomonidan yuqori baholangan. Brendni rivojlantirishdagi yana bir qadam bayer Liliya Rax bilan hamkorlik bo‘ldi: kolleksiyalar uning Olma-Otadagi “Grunge Space” ko‘p brendli butikida taqdim etildi.


Suzani by Kasimbaeva

Brend asoschisi Madina Qosimboyeva uchun vaqt tushunchasi o‘zgacha. U Toshkent so‘zanasining bir turi bo‘lgan katta palakni o‘n besh nafar shogird qizi bilan birgalikda uch yarim yil davomida tikkan. Quyosh va oyni eslatuvchi yirik doiralar tushirilgan ushbu panno Avstraliyadagi Osiyo-Tinch okeani triyennalesida namoyish etildi.

  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon

2025-yilda Qosimboyeva birinchi Buxoro biyennalesida ishtirok etib, fransuz rassomi Yeva Jospen hamda o‘zbek ustalari bilan birgalikda “Bleeding Heart” loyihasi ustida ishladi. 2026-yilga kelib, Ozarbayjon milliy san’at muzeyida uning ijodiga bag‘ishlangan “So‘zananing yaralishi. Bir kashtachi tarixi” nomli ko‘rgazma tashkil etildi, Venetsiyadagi “Homo Faber” dasturidan esa uning mahorat darslari joy oldi.

Shunga qaramay, uning ijodi bilan Toshkentning o‘zida ham tanishish mumkin: Qosimboyevaning shaxsiy so‘zana muzeyida kashtali pannolar namoyish etiladi, ustaxonasida esa ularning qanday yaratilishini ko‘rish mumkin. Shu yerning o‘zida u bo‘lajak chevaralarga ham saboq beradi va an’analar davom etishi uchun eng zarur narsa — yangi ijodkorlar bilan ta’minlaydi. O‘zbek dizaynining faxri va ko‘p asrlik an’analarga xos haqiqiy mahorat haqida gap ketganda, bu insonni tilga olmaslikning iloji yo‘q.


Moel Bosh

Brendning yaratilishiga vatan sog‘inchi turtki bo‘lgan. 2012-yili quyoshli O‘zbekistondan olisda, Riga shahrida istiqomat qilayotgan dizayner Zuhra Inat va uning uch nafar ijodkor qizi qo‘lda to‘qilgan o‘zbek matolari, an’anaviy kashtachilik hamda intellektual uslubga ehtirom ramzi sifatida “oilaviy” Moel Bosh brendiga asos soladi.

  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon

Kiyim ustida ishlash bichishdan ancha oldin boshlanadi: Inat mato naqshlarini o‘zi ishlab chiqadi, keyin esa ular Marg‘ilonda qo‘lda to‘qiladi. Kashtachilik ortida esa Suzani by Kasimbaeva asoschisi Madina Qosimboyeva bilan ko‘p yillik hamkorlik ham turadi. To‘qimachilik mahsulotlariga ehtiyotkorona munosabat ishlab chiqarishdan qolgan mato bo‘laklaridan foydalanishda ham namoyon bo‘ladi: ular o‘zbekcha quroqchilik texnikasi yordamida yangi matolarga birlashtiriladi.

Brendning vintaj matolar oʻrin olgan yubiley kolleksiyasi “Avlodlar rishtasi” 2022-yilda Uzbekistan Fashion Week namoyishlarini ochib bergan. Bunday yondashuv mamlakat tashqarisida ham e’tirof etilgan: Moel Bosh kolleksiyalari Riga va Moskva moda haftaliklarida namoyish etildi. Bu — brendda Yevropaga xos bejirimlik, o‘ziga xos bichimlar, o‘zbekona ildizlarga chuqur hurmat va tabiiy matolarning benuqson sifati uyg‘unlashgan.

Moel Bosh mijozlari orasida ham yosh toshkentlik moda ixlosmandi, ham muvaffaqiyatli ayol rahbar, ham har ikkala ayol havas qiladigan garderob sohibasi bo‘lgan uy bekasi ham bor.


LALI

LALI — zamonaviy o‘zbek modasi shakllanishida muhim o‘rin tutgan brendlar avlodiga mansub. Uning asoschisi Lali Fazilova 1990-yillarning o‘rtalaridayoq Toshkentda atelye ochgan, 2007-yilda esa uni mustaqil brendga aylantirgan. Uni mamlakatdagi zamonaviy dizaynerlik sahnasining ilk namoyandalaridan biri deb atash mumkin. Bu obro‘ ortida esa kiyimning tuzilishi ustida izchil olib borilgan ishlar turadi.

  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon

LALI kolleksiyalari mualliflik ikat naqshidan boshlanadi, keyinchalik bu naqshlar Marg‘ilon to‘quvchilari tomonidan matoga tushiriladi. Fazilova qadimiy bichimlarni o‘rganadi, naqshlarni qayta tiklaydi va vintaj so‘zanalarni yangi kiyimlarga tatbiq etadi. U tufli va tumorlarni eslatuvchi uchburchak shaklidagi “Tumor” sumkalarigacha bo‘lgan butun obrazni puxta o‘ylab chiqadi. Uning yondashuvini aynan mana shu yaxlitlik ajratib turadi.

Bu yerda O‘zbekiston mato, proporsiya va detallarda namoyon bo‘ladi, kiyimlar esa katta shahar ritmida yashaydigan ayollar uchun mo‘ljallangan. Aynan shu jihat brendni Yaponiya va Monte-Karlo dagi namoyishlarga olib chiqdi hamda 2017-yilda u haqda maqola e’lon qilgan Vogue Italia e’tiborini tortdi. 2018-yildan boshlab brend kiyim-kechak doirasidan tashqariga chiqdi: LALI HOME yo‘nalishida tabiiy matolardan tikilgan, mualliflik naqshlari tushirilgan uy kiyimlari, dasturxonlar, yopinchiqlar va yostiqlar paydo bo‘ldi. Bular — qaysi mamlakatda yashashingizdan qat’i nazar, O‘zbekistonning bir parchasini uyingizga olib kirish imkonini beradigan buyumlar.

LALI’ning kuchi shundaki, Lali Fozilova meros bilan ishonchli va erkin munosabatda bo‘la oladi, uni o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.


SAADI Ethno

SAADI Ethno o‘z estetikasini o‘zbek to‘qimachilik san’atining betakrorligi va qo‘lda kashta tikish mahorati asosida shakllantiradi. Uning asoschisi Diyora Rahimova (Usmonova familyasi bilan tanilgan) adras, an’anaviy naqshlar va zamonaviy bichimlar bilan ishlaydi. Uning Madina Qosimboyeva bilan hamkorlik tarixi bunga yaqqol misol bo‘la oladi.

  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon
  • yolgʻon

Xolasining kashta bilan bezatilgan choponini ko‘rgan Diyora uning muallifi bilan tanishish uchun yo‘lga chiqadi va 2021-yilda ular birgalikda SAADI x SUZANI kolleksiyasini taqdim etadi. Undan qo‘lda kashta tikilgan choponlar va keyplar (yengsiz yopingich), anorlar tasvirlangan jaket hamda kombinezonlar o‘rin olgan. Namoyish davomida esa chevaralar mehmonlarning ko‘z o‘ngida kashta tikkan.

Boshqa ijodkorlar bilan hamkorlik xalqaro miqyosda ham davom etdi. 2025-yil oktyabridan 2026-yil yanvarigacha Dohadagi M7 markazida bo‘lib o‘tgan Woven Legacies ko‘rgazmasida SAADI Ethno bilan hamkorlikda yaratilgan Iroda A’zam kolleksiyasi namoyish etildi.

Brendning kuchli jihati aynan shunday hamkorliklarda namoyon bo‘ladi: dizaynerlik g‘oyasi material va texnikani chuqur bilish hisobiga yanada boyiydi. Natijada o‘zbek kashtachiligi yorqin obraz yaratish uchun o‘ziyoq yetarli asosga aylanadi va bunday obrazga endi mashhur logotip ham kerak bo‘lmaydi.

Hatto eng yirik moda uylari ham sodiq mijozlarini hayratda qoldirishga tobora qiynalayotgan bir paytda, O‘zbekistonning yosh brendlari alohida e’tiborga loyiq.

Takrorlanadigan uslublar va oldindan taxmin qilish mumkin bo‘lgan havolalarga o‘rganib qolgan xalqaro auditoriya uchun bu moda hali keng tanilmagan badiiy an’analarning butun bir qatlamini ochib beradi. Aynan iste’dod, qiziquvchanlik va o‘z ildizlarini chuqur bilish uyg‘unligidan moda industriyasining kelajagini belgilashga qodir nomlar yetishib chiqadi.

Material Oʻzbekiston Turizm Qoʻmitasi koʻmagida tayyorlandi.

Rano Sultanova
Muallif
Rano Sultanova
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling