Toshkentda «Ayol va biznes» Gala Awards 2022 taqdirlash marosimi o'tkazildi

17-dekabr sanasida Nest One majmuasida, Ayol va biznes Gala Awards 2022 taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Yilning eng faol biznes blogeri, ayollarni rivojlanishiga xizmat qiluvchi yirik loyihalar tashkil etgan yil tadbirkori, eng yaxshi ijtimoiy loyihalar tashabbuskor tadbirkori, eng muvaffaqiyatli oilaviy biznesi kabi 10 ta nominatsiya orqali eng omadli tadbirkor ayollari taqdirlanishdi. Ular orasida Lola Zunnunova, Aziza Halilova, Dilnoza Umurzakova, Alima Oybekovna, Muxlisa Azizova singari taniqli jamoat faollari bor edi.
Nest One, Travel Continent hamda Oʻzbekiston Respublikasi Savdo Sanoat palatasi hamkorligida tashkil etilgan ushbu marosimning Gala Dinner qismida tadbirkorlarning oʻzaro fikr va tajriba almashishligiga imkoniyat yaratildi.