Anons
"Madaniy meros: unga kim g'amxo'rlik qiladi?" mavzusida ma'ruza
E‘lon qilindi: · 79

O’zbekiston davlat san’at muzeyi konferensiyalar zalida Patrisiya Vergez-Libayning “Madaniy meros: unga kim g’amxo’rlik qiladi?” mavzusidagi ma’ruzasi bo’lib o’tadi.
Patrisiya Vergez-Libay — madaniyat sohalari va merosi bo’yicha mutaxassis, madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi tomonidan milliy muzeylar kolleksiyalarini konservatsiya va restavratsiya qilish sohasida maslahat va ish olib borish uchun O’zbekistonga taklif etilgan.
Ma’ruza ingliz tilida olib boriladi va o’zbek tiliga tarjima qilinadi.
Kirish bepul.
Ro’yxatdan o’tish talab etiladi: (+998) 90−932−3777
- Sana27 aprel, 19:00